mon ijodkorlari asarlarining o'ziga xos eng muhim xususiyati —
uning ko‘p ma’noliligidir. Aniqroq qilib aytganimizda, Sharq
tafakkurida ko‘p ma’nolilik — matnning zohiriy va botiniy ma’noga
ega ekanligidir. Sharq mutafakkirlari ko‘p ma’nolilik yordamida
o‘zlarining olam va odam to ‘g‘risidagi, ayniqsa, barkamol inson
to‘g‘risidagi qarashlarini johil, nodon kimsalar, hokim-u amal-
dorlardan pinhon saqlaganlar. 0 ‘z fikr-mulohazalarini turli hay-
vonlar va qushlar tilida rivoyatlar, naqllar yordamida bayon
etganlar. Tashqi tom ondan (zohiran) sayoz, yuzaki bo‘lib
ko‘ringan bunday asarlar, ichki tomondan (botinan) katta
mazmun va ma’noga ega bo'ladi.
Naqshbandiya ta’limotida nafaqat sharqona musulmon axloqi-
ga xos, balki umuminsoniy axloq talablari asosida faoliyat
ko'rsatayotgan barkamol insonning tashqi va ichki qiyofasining
go'zalligini turli bo‘yoqlar yordamida tasvirlashga alohida e’tibor
berildi. Ma’lumki, insonning o‘ziga xos eng muhim xususiyat
laridan biri — u hamisha go'zallik tomon talpinib yashaydi.
Go'zallikdan lazzat olishga shoshiladi. Shuning uchun ham in
son bisotidagi go'zallik tomon intilish his-tuyg‘usini ta’riflash
o‘rta asr musulmon falsafasining, adabiyotining asosiy mavzu-
laridan biri edi. Shoirlar, yozuvchilar bunday his-tuyg‘uni
ta’riflashda o'zlarining jozibali so‘zlari bilan fidoyilik ko'rsatgan
bo‘lsalar, m usaw irlar bunday his-tuyg‘uni tavsiflashda turli
ranglardan foydalandilar.
Musulmon falsafasida mo'yqalam sehri bilan go'zallik, na-
fosat olamida mo‘jiza yaratganlardan biri Kamoliddin Behzoddir1.
Sharqning mashhur musawiri ijodining bosh mavzusi — inson
ning quvonchlari va tashvishlarini, uning ijtimoiy qiyofasini
tasvirlashga qaratilgan. Ayniqsa, portret janrida yaratilgan asarlari
hajm jihatidan Yevropa musawirlarinikidan kichikroq va uslub
Dostları ilə paylaş: