Xalq aro yaxshiroq, deding, kimdur, Eshitib shubha ayla raf andin. Yaxshiroq bil ani ulus arokim, Yetsa k o ‘proq uluska n a f andin1. Barkamol insonga xos fazilatlar Alisher Navoiyning mash
hur qahramoni Farhod obrazida ham ko'rish mumkin. Farhod-
ning fe’l-atvori, yurish-turishida, faoliyatida, fozil insonga xos
fazilatlarning barchasi jamuljam edi. Ayniqsa, ilm-u hunar
o'rganishga chanqoqlik, halol mehnat qilish, axloqiy poklik
Farhod shaxsini yanada ulug'laydi, shuning uchun ham el-yurt
Farhodni e’zozlaydi. Shoir Farhodning bunday insoniy fazilat-
larini quyidagicha ta’riflaydi:
Demonkim, ko'ngli pok-u к о ‘zi pok, Tili pok-u, s o ‘zi pok-u o'zi pok. Munungdek tiynati pokiga loyiq, Duosin aylabon poki xaloyiq2. Ba’zi tadqiqotchilar musulmon falsafasida «barkamol inson»
iborasini, ilk bor tasavvuf falsafasining tadqiqotchilaridan biri
Boyazid Bistomiy ishlatgan, deb xabar beradilar. Boyazid Bis-
tomiy barkamol inson tushunchasini, Olloh ishqi yolida ilohiy
haqiqatga erishgan orif insonni «al inson al komil», deb atagan
deya tushuntiradilar. Yana boshqa birovlar, barkamol inson tushun
chasini birinchi bo'lib, Muhiyiddin Arabiy tadqiq qilgan, deb
ta’kidlaydilar3.
Alisher Navoiy, shubhasiz, barkamol inson to ‘g‘risidagi
Boyazid Bistomiy, Muhyiddin Arabiy, Aziziddin Nasafiy qa
rashlarini rad etmaydi, balki uni har tomonlama rivojlantiradi.
1 Alisher Navoiy. Arba’in hadis. Qirq hadis. Toshkent, 1991, 5-bet. 2 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to ‘plami. 8-tom . Toshkent, 1991, 72~bet. 3 Haqqulov I. Zanjirband sher qoshida. Toshkent, 1991, 207—212-betlar. 267
Navoiyning tushuntirishicha, inson barkamol bo‘lmog‘i uchun,
eng awalo, o‘zidagi badaxloq qiliqlarni tugatish bilan jiddiy
shug‘ullanmog‘i darkor: