jihatidan sharqona miniatyura san’atiga tegishli bo'lsada, maz
mun jihatidan har qanday asar bilan raqobatlasha olar edi.
Portret janri nihoyatda murakkab bo‘lib, musawirdan inson
tanasining anatomik qonuniyatlarini har tomonlama bilishni talab
etadi. Bu borada Behzodning mahorati zamonasining an’analaridan
ancha ilgarilab ketganiga guvoh bo‘lamiz. Shuning uchun ham,
u yaratgan portretlar o‘z
zamonasi kishilari haqida, ularni
ijtimoiy qiyofasi xususida bizga ishonchli ma’lumotlar beradi.
Chunonchi, «Alisher Navoiy», «Sulton Husayn Boyqaro»,
«Muhammad Shayboniyxon», «Abdurahmon Jomiy», ayniqsa,
«Amir
Temur» va boshqa
portretlar musawirning kamolot
cho‘qqisidan dalolat beradi.
Kamoliddin Behzod Sharqning buyuk hukmdori iste’dodli
sarkarda Amir Temur qiyofasini tasvirlashga katta e’tibor qarat-
di. «Sohibqiron Amir Temurning bog‘dagi qabul marosimi»da
Behzod Amir Temur qiyofasini shunday tasvirlaydi: Amir
Temurning o‘ng
tomonida yaqin kishilari, chap tomonida qabul
marosimiga kelgan turli mamlakat elchilari o‘zlarining milliy
kiyimlarida sohibqironga ta’zim qilib turibdilar. Amirlar, amirzo-
dalar,
saroy amaldorlari, xizmatkorlar orasida ushbu tantanaga
ishtirok etish uchun kelgan arablar, hindlar, harbiylar va boshqa
millatga mansub kishilar ham ko‘zga tashlanadi.
Behzod sohibqiron Amir Temur
ijtimoiy qiyofasini tasvir-
lash bilan cheklanib qolgani yo‘q. Balki uning o‘g‘illari, nabi-
ralari, temuriy shahzodalar haqida ham miniatyuralar chizgan.
Bunday holatni «Ov» deb nomlangan miniatyurasida yaqqol
ko‘rish mumkin. 0 ‘sha ov manzarasi tasvirlangan miniatyurada
sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug‘bekning o‘g‘illari, shahzo
dalar Abdulatif va Abdulaziz bilan tabiat qo'yniga
qilgan sayo-
hati katta ilhom bilan tasvirlangan1.
Kamoliddin Behzod insonning ruhiy-ma’naviy olami bilan
uning tashqi qiyofasi orasidagi o'zaro aloqadorlikni tasvirlashga
alohida e’tibor bergan. Bunday holatni uning «Sulton Husayn
Boyqaro» asarida aniqroq ko‘rish mumkin.
Asarda shohning tiz
cho‘kib o‘tirgan holati tasvirlangan. Avvalo shuni ta’kidlash joizki,
shohning liboslari gavdasiga mos. Chunonchi, boshidagi shohona
Dostları ilə paylaş: