O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Nuritdinov M. Yusuf Qorabog'iy va 0 ‘rta Osiyoda XVI—XVII asrlardagi ijti-
moiy-falsafiy fikr. Toshkent, 1991, 79-bet.
276


deb tushunadi. Ruh ilohiy olamning zarrasi emas, u o‘lmas 
ham emas. Ruh inson tanasiga bog‘liq. Uni inson tanasidan 
ajratish mumkin emas. Inson jismi vujudga kelishi bilan ruh 
ham vujudga keladi. Tana ruhning vujudga kelishi uchun moddiy 
asos vazifasini bajaradi.
Yusuf Qorabog‘iyning falsafiy qarashlarida inson aqliy faoli- 
yati muammolari har tomonlama tahlil etiladi. Uning fikriga 
muvofiq, inson aqliy faoliyati o‘zidan tashqarida turuvchi qan- 
daydir ilohiy aqldan quwat oladi. Yusuf Qorabog‘iy musulmon 
falsafasida uzoq vaqt hukmronlik qilgan, aqliy faoliyat bilan 
shug‘ullanish faqat buyuk kishilarga xos xislat, degan aqidaga 
qarshi chiqadi. Uning tushuntirishicha, ilm-fan bilan shug‘ullanish 
uchun payg‘ambar bo‘lish shart emas. Inson aqliy faoliyati, 
uning olam to‘g‘risidagi bilimlari, ma’naviy kamoloti darajasi 
bilan bevosita bogMiqdir1.
XVI—XVII asrlarda musulmon falsafasida insonparvarlik, ay­
niqsa, hurfikrlilik g‘oyasini targ‘ibot va tashviqot qilgan muta- 
fakkirlardan biri namanganlik Boborahim Mashrab edi2. Uning 
dunyoqarashida insonparvarlik g‘oyalari shakllanishida so‘fizm 
ta ’limoti, xususan, Boyazid Bistomiy, Imomiddin Nasimiy, 
ayniqsa, Mansur Halloj qarashlarining ta’siri sezilarli bo‘ldi.
Mansur Halloj, Imomiddin Nasimiylaming inson bilan Xudo 
orasida o‘xshashlik bor, inson Xudoning o‘zi, degan fikr-muloha- 
zalarini har tomonlama rivojlantiigan Boborahim Mashrab insonni 
butun koinotning toji, cho‘qqisi, deb tushuntiradi. Olamdagi bar­
cha tirik mavjudotlar insonga sajda qilishlari zarur, degan g‘oyani 
ilgari suradi. Insonda Xudoning barcha fazilatlari, xislatlarini, ayni 
paytda Xudoda ham insonning eng yaxshi insoniy fazilatlari, xis- 
latlari, xosiyatlarini ko‘rishni istaydi. Insondagi eng yaxshi insoniy

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin