O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Ahm ad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1991, 79—82, 90—92-betlar.
241


hikmatlar islom diniga kirgan mahalliy xalq uchun Qur’oni Karim, 
Hadisi Sharif mazmunini tushunib olishga katta yordam beradi.
Ahmad Yassaviy hikmatlar to ‘plamida «o‘lmasdan burun 
o‘lish» g‘oyasini olg‘a suradi. Ushbu tezis asosida insonning dunyo 
lazzatlaridan voz kechishi, ya’ni o ‘zligidan voz kechib, o‘zini 
har tomonlama qiynab, o ‘ziga o‘limni yaqinlashtirishi, tirik 
murdaga aylanishi, o‘lim bilan hayot o ‘rtasidagi faoliyatini 
tushuntirish fikri yotadi. Ana shunday holatni o‘rta asrning 
mashhur shoiri «fano», deb ataydi. Fano deganda, yo‘q bo‘lish, 
tug‘ilish, o‘lish, o‘zligidan voz kechib, Xudo bilan birikishni 
tushunadi1. 0 ‘lmasdan burun o ‘lish, foniylikning asosiy prinsip- 
laridan biridir. U olg‘a surgan fano konsepsiyasini takabburlikka 
qarshi hokisorlik, deb tushunish mumkin. Boshqacha qilib ayt- 
ganimizda, fano inson shaxsini har tomonlama ulug‘lashga qil­
ingan xayoliy da’vatdir.
Ahmad Yassaviyning eng muhim asari «Shajarai Saodat»dir. 
Kitobda qayd etilishicha, tasawufning «nasabnoma», «zikri jahri- 
ya», «zikri arra» kabi usullari bo‘lgan. Shoirning o‘zi «jahriya 
zikr» maktabiga asos solgan. «Shajarai Saodat»da hikmatxonlik 
o ‘zining eng baland cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Oqibatda, Buxoro- 
ning nafaqat masjid-u madrasalarida, balki aholi o‘rtasida ham 
hikmatxonlik avj olib boraverdi. Hatto ayrim masjidlarda hik­
matxonlik o‘tkazish uchun alohida xonalar tashkil etildi. XII 
asrda shakllangan hikmatxonlik odamlami Haq va haqiqat yo‘liga 
boshqarishga, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif talablarini ommaga 
yetkazishda, shubhasiz, katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ahmad 
Yassaviy ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, mingdan ortiqroq hik- 
mat yozgan. Ushbu hikmatlar keyinchalik «Devoni hikmat» nomli 
alohida kitob tarzida chop etilgan2.
Yassaviy hikmatlarida ta’kidlanishicha, inson shaxsidagi sal- 
biy illatlarni vujudga keltiruvchi sabablardan biri — nafsdir. Nafs 
tufayli insonda ochko‘zlikka, o‘g‘rilikka mayl hosil bo‘ladi. Nafs 
domiga giriftor bo‘lgan kishi har qanday qabohatdan qaytmay- 
di3. Mutafakkirning fikriga muvofiq, bunday badbaxtlikka zarba 
beruvchi qudrat sabrdir. Qanoat hosil qilish, boriga shukur qilish,

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin