O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Kornilov N. Najmiddin Kubro. Toshkent, 1995, 20—21-betlar



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A


Kornilov N.
Najmiddin Kubro. Toshkent, 1995, 20—21-betlar.
230


bo‘lmog‘i zarur. Buning uchun esa har bir murid, har bir 
I solik quyidagi o‘n axloqiy talabni bajarmog‘i darkor:
— tavba — har bir qilingan kichik xato yoki gunoh uchun 
darhol Xudodan kechirim so‘rash, pushaymon qilish;
— zuhd — (taqvo, parhez) tavba qilgan kishining haromdan 
hazar qilishi, Ollohdan qo‘rqib, man etilgan ishlami qilmasligi;
— tavakkul — kundalik amaliy faoliyatda yolg‘iz Ollohga 
suyanish, o‘z ixtiyorini Xudoga topshirish;
— qanoat — ozga rozi b o ‘lib, ko‘pdan voz kechish, . 
(ta’magirlikning aksi);
— uzlat — boshqalardan ajralib, yakka o‘tirish;
— tavajjuh — butun vujud bilan Xudoga sig‘inmoq, yarat- 
ganga yuzlanib, undan madad so‘rash. Ollohga qalbdan intilish;
— sabr — boshga tushgan og‘ir ahvoldan nolimaslik, turli 
azob-uqubatlarga chidash (chidamlilik darajasi);
— muroqaba — Tangri borlig'ining dengiziga sho‘ng‘ib, ilohiy 
olamni kuzatmoq, ilohiy olamga fikran — xayolan sayr qilmoq;
— zikr — dilda ham, tilda ham Xudoni yod aylamoq;

rizo — Tangri irodasiga qarshilik ko‘rsatmasdan, taqdir 
hukmiga bo'ysunish1.
Najmiddin Kubroning fikriga muvofiq, inson ruhiy-ma’naviy 
kamolotiga erishuvining eng muhim shartlaridan biri — umrni 
zoya ketkazmaslik, behuda ishlarga sarf qilmaslikdir. Mutafak- 
kirning yozishiga qaraganda2, inson umri juda tez o ‘tib ketadi- 
gan, tarix uchun arzimas bir fursatdir. Shuning uchun ham, 
o‘lim va oxiratdan ko‘ra yaqinroq, orzudan ko‘ra uzoqroq, 
xotiijamlikdan ko‘ra go‘zalroq narsa yo‘q. Inson ma’naviy qiyo­
fasini bezab turadigan eng muhim bezak — tavoze, eng xunugi
— baxillikdir. Yaxshi xulq yaxshilik ustiga yaxshilik olib kelsa, 
hasadgo‘ylik yomonlik ustida yomonlik qo‘shadi. Doimiy sa’y- 
harakatda bo‘lgan kishi hamisha zafarlarga erishaversa, loqayd, 
dangasa esa muvaffaqiyatsizliklarga giriftor bo‘laveradi. Kubroning 
ta’kidlashicha, insonning ma’naviy yetukligi o‘z nafsini tiya bilish

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin