O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Kornilov N. T asaw uf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. Toshkent



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Kornilov N. T asaw uf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. Toshkent,
1996, 25-bet.
2 Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. Toshkent, 1983, 44-bet.
3 0 ‘sha asar, 434-bet.
220


lardan uzoq turishi, o‘z ko‘zini (ko‘z vara’si) shubhali narsa- 
larga, harom -xarishga tushirmasligi, ko‘pchilikka m anzur 
bo‘lmaydigan bachkana qiliqlar (qalb vara’si) qilmasligi, ko‘ngil 
tortmagan barcha narsalardan parhez qilishi lozim.
Vara’ning davomi — zuhddir. Zuhd — insonning yomonlik- 
dan hazar qilish qobiliyati. Haromni va halolni ajrata bilish, 
taom va ichimliklardan saqlanish, poklikni ulug‘lash, insondagi 
barcha illatlarning doyasi bo‘lgan nafsga, xudbinlikka qarshi 
kurashish, mol-u dunyoga butkul qul bo‘lib qolishdan saqla­
nish, zulm va dilozorlikdan, g'ofillik va o‘tkinchi ho-yu ha- 
vaslardan ustun chiqish, tozalikni o‘zining kundalik turmush 
tarziga singdirish qobiliyatidir.
So‘fiy allomalaming fikriga ko‘ra, inson ruhiy-ma’naviy yetuk- 
lik tomon borayotganligini ifodalovchi alomatlar — faqirlik va 
sabrdir. Faqirlik — Xudoga bo‘lgan bandalikni sidqidildan bajo 
keltirish, Parvardigor uchun qilgan barcha ishlarini hali kam 
deb baholash, ozligini doimiy his etib turish malakasidir. Kam- 
tarlik — soddalik alomati bo‘lsa, sabr — inson chidamliligi, 
toqati ifodasidir. Sabr-toqatli inson har qanday balo-qazolardan 
qo‘rqmaydi, qiyinchiliklarga chidaydi. Oh-voh chekib, shikoyat 
qilmaydi. Sabr o‘z navbatida, kishining imon-e’tiqodining ham 
ifodasidir. Alisher Navoiy yozganidek, qaysi baxtsiz sabr etagini 
tutgan bo‘lsa, u oxiri murodga etadi: qaysi bir giriftor ko‘ngiI 
sabr tugunini bo'shatmagan bo‘lsa, uning baxt tuguni ochiladi. 
Sabr — shodliklar kalitidir... Baloga giriftor bo‘lib, nobud bo‘lish 
xavfi ostida qolgan odamning hayoti sabr tufayli ozod; har bir 
noumid shaxsning tushkun ruhi sabr tufayli tetik, obod bo'ladi1.
Ruhiy-ma’naviy yetuklik pillapoyalaridan ko‘tarilayotgan har 
bir kishi hamisha ikkilanib turadi. 0 ‘zining amaliy faoliyatidan 
to ‘la qoniqish hosil qilmaydi. Bundan tahlikaga tushadi. Atrof- 
tevaragida sodir bo‘layotgan turli makr-xiylalar qalbida xavf- 
qo‘rqishni vujudga keltiradi. Xuddi shuning uchun ham so‘fiylar 
xavfni tariqat odobining muhim qoidalaridan biri, deb hisob- 
laganlar. Qalbda hosil bo‘lgan ishonchsizlikka, imon va e’tiqodni 
qarshi qo‘yishga da’vat etganlar.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin