O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Qarang: Xusayn Voiz Koshifiy. Futuw atnom ai Sultoniy yoxud javonmardlik



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Qarang: Xusayn Voiz Koshifiy. Futuw atnom ai Sultoniy yoxud javonmardlik
tariqati. Toshkent, 1994.
2 Qarang: Shapalo A.B. Mazhablar va tariqatlar tarixi. Anqara-Istanbul, 1964.
215


diy, Faxriddin ar-Roziy ibn al-Faridalarning suhbatlaridan 
bahramand bo‘ldi.
Mutakallimlik g‘oyalari ta ’sirida Muhyiddin Arabiy musul­
mon falsafasida vujudiyun nomi bilan mashhur bo‘lgan «vah- 
dati vujud» ta’limotini yaratdi. Ushbu ta’limotga asosan, Xudo 
va inson borlig‘i bir butunlikni, birlikni tashkil etadi. Xudo 
bilan insonning birligi to ‘g‘risidagi ta ’limot, Xudo bilan inson­
ni, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yuvchi aqidalarga nisbatan ilg‘or 
fikr edi. Xuddi shuning uchun ham «vahdati vujud» ta’limoti 
musulmon falsafasida nafaqat hurfikrlilik, balki insonparvarlik 
g‘oyalarining rivojlanishida ham mustahkam asos vazifasini ba- 
jaradi. 0 ‘z navbatida, «vahdati vujud» ta’limoti ruhni, jonni 
tanadan ajratishga, jonni tanaga, m a’naviylikni moddiylikka 
qarama-qarshi qo'yishga asta-sekin barham bera boshladi.
0 ‘rta asr xristian falsafasida Xudo insonga o‘xshaydi, deb 
ta ’riflangan bo‘lsa, musulmon faylasuflarining asarlarida Xudo 
o‘zidan boshqa hech kimga o‘xshamaydi, deb tushuntirilar edi. 
Muhyiddin Arabiy o‘rta asr musulmon falsafasida birinchilardan 
bo‘lib, inson bilan Xudo orasidagi o‘xshashIik alomatlari mavjud 
ekanligini tushuntirishga harakat qildi. Muhyiddin Arabiyning tu­
shuntirishicha «Xudo u yoki bu qiyofada ikki bor namoyon 
bo‘lmasada»', odamlar uchun anglab bo‘lmas sir hisoblangan. 
U turli ismlari bilan kishilarni o‘zi tomon chorlab turadi. Olz 
fikrini isbotlash uchun Qur’oni Karimda Xudoning 99 ismi bor 
ekanligini eslab o‘tadi.
Muhyiddin Arabiyning fikriga muvofiq, Xudo haqida aql tili 
bilan gapirish mumkin, lekin aql kuchi bilan uni bilib bo‘lmaydi. 
Aql isbot talab qiladi, dalil, tajriba bilan ish ko‘radi. Vaholan- 
ki, Xudoning borligini, uning turli fazilatlari, xislatlarini dalil 
orqali isbotlash mushkul. Chunki Xudoning fazilatlari, xislatlari 
aql doirasiga sig‘maydi.
Muhyiddin Arabiy o‘zining «Fusus ul-hikam» kitobida in- 
sonni «borliqning yig‘indisi», deb tushuntiradi. Borliq inson tufayli 
chinakam tirik holga kiradi. Shuning uchun ham inson butun 
borliqning, ya’ni borliqning turli shakllarining xulosasi, yakuni

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin