havf; 7) rijo; 8) tavakkul; 9) rizo (ayrim tasawufshunoslar
ushbu talablar qatoriga qanoat, sidq, to ‘la ishonch, shukrni
ham qo‘shadilar).
Tariqat adabining ushbu qoidalari mashhur soTiy ustozlari-
dan biri Abunasr Sarroj (vafoti 988-yil) tomonidan bayon
etilgan1. Ushbu to‘qqiz qoida, o‘z navbatida, insonning ruhiy-
m a’naviy barkamolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, alomatlar
vazifasini ham bajaradi. Chunonchi, inson ruhiy-m a’naviy
barkamolligining dastlabki alomati tavbadir.
Tavba inson ruhiy-ma’naviy qiyofasida yaxshilik tomon siljish
sodir bo‘layotganidan dalolat beradi. Inson o‘zidagi nuqsonlarni
ko‘ra bilishi, o‘zining ahvolini anglashi, bilib-bilmay to ‘g‘ri
yoMdan adashganini tan olishi, qilgan johilligi-gunohlaridan afsus
va nadomat chekishi to‘g‘rilik tomon burilishidir. Manmanlik va
takabburlikdan jirkanib, g‘aflat uyqusidan uyg‘onish, nomaqbul
odatlar, qiliqlardan voz kechishidir. Xullas, insonni rizolatga
solib, hijolat chekishga sabab bo‘ladigan barcha illatlardan ogoh
bo‘lib, ulardan afsuslanishi, nafratlanishi — tavbadir2.
So‘fiylarning tushuntirishlaricha, har qanday kishi ham
o ‘zining nomaqbul ishlaridan afsus chekmaydi, pushaymon
bo‘lmaydi. Chinakam tavba, nasli toza, hidoyatga moyil kishi-
larga Parvardigor tom onidan ravo ko‘riladi. «Har qanday
nokas-u nojins» tavbaga Ioyiq emas. Chunki asli toza insongina
o‘z gunohlaridan xabardor bo‘lgach, o‘z qilmishlaridan hijolat
tortib, siqila boshlaydi, nomusdan vujudi yonib, dimog‘idan
uyat tutuni ko‘tariladi. Parvardigordan uzr so‘rab, nomaqbul
ishlaridan o‘zini tortadi, tavba qilib, yomon fe’llaridan cheki-
nadi. Adashgan yo‘lini o‘zgartirib, to‘g‘ri yo‘lga kiradi3.
Inson ruhiy-ma’naviy barkamollik tomon borayotganligining
ikkinchi muhim alomati vara’dir. Tariqat odobining vara’ tala-
biga amal qiladigan har bir kishi, har qanday shubhalardan,
gumonlardan o‘zini saqlashi darkor. Ayniqsa, o‘z tiliga (til
vara’si) hushyor bo'Iishi, g‘iybat, tuhmat, turli fisq-u fasod-
Dostları ilə paylaş: