O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Jaloliddin Rumiy. M a’naviy masnaviy. Birinchi jild. Birinchi kitob. Asqar



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Jaloliddin Rumiy. M a’naviy masnaviy. Birinchi jild. Birinchi kitob. Asqar
Mahkam tarjimasi. Toshkent, 
1999, 26, 33—34, 89-90-betlar.
2 Jaloliddin Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. Toshkent, 1997, 25, 51-betlar.
193


uyg‘unlashganligi bilan keskin farq qiladi. Bu dunyo va undagi 
go‘zal, xush narsalar insonning hayvoniy tomonlarining nasi- 
basidir. Ular insondagi hayvoniy tuyg‘ularga kuch-quwat beradi. 
Natijada, insondagi insoniylik alomatlari zaiflashadi. Insonning 
hayvoniy tuyg‘ularining qo‘zg‘atuvchisi — shahvatdir. Shahvatning 
qo‘zg‘atuvchisi esa turli narsalar va orzulardir. Insondagi insoniy­
likning ozuqasi esa bilim, hikmat va Tangrining jamolidir1.
Jaloliddin Rumiyning e’tirof etishicha, insondagi hirs, orzu 
va havaslaming chegarasi bo‘lmaydi, yuz minglarcha olam o'ziniki 
bo‘lsa ham, ko‘ngli tinchimaydi. U o‘zi mashg‘ul bo'lgan yu- 
mushlaming birontasidan huzur-halovat topa olmaydi. Chunki 
uning bir o‘zi istagan narsasini qo'lga kirita olmaydi. Insondagi 
zavq va orzular bamisoli bir zinapoyaga o‘xshaydi. Lekin o‘sha 
zinalar insonning o'tirib dam olishiga moslanmagan, aksincha, 
uning ustidan hamisha bosib o‘tiladi. Inson o‘z umrini o‘sha 
zinalarda behuda o'tkazmasligi uchun g'offllikdan tez uyg‘onishi, 
o‘zining orzu-havaslarini boshqara bilmog'i zarur2.
Musulmon Sharqining buyuk donishmandi Jaloliddin Rumiy­
ning fikriga ko‘ra, inson tanasida biri ikkinchisiga zid bo‘lgan 
hayvoniy va insoniy tomonlar mavjud ekan, o‘sha qarama- 
qarshi tomonlarda uning m a’nosi, mohiyati namoyon bo‘ladi. 
Insonning xulq-atvori, xatti-harakatining m a’nosi, mohiyati, 
ijtimoiy mazmunini tiniqroq tasawur etmoq uchun, undagi 
ziddiyatli tomonlarni ko‘ra bilmoq zarur, degan g'oyani za- 
monasining allomalari hukmiga havola qiladi3.
Insonning surati (shakli) bilan, uning ma’nosi orasidagi 
o'zaro aloqadorlik haqida fikr-mulohaza yuritgan musulmon 
Sharqining buyuk mutafakkiri, inson o‘zining ma’nosiga yuzla- 
nishni dastlab unchalik yoqtirmaydi. Biroq umr o ‘tgan sayin 
o‘z hayotining ma’nosi, mazmuni haqida ko‘proq o‘ylay bosh- 
laydi. Chunki inson hayotining dastlabki paytlarida o‘zining tashqi 
qiyofasi o'ziga xush va latif ko‘rinadi. Umr o ‘tishi bilan inson­
dagi bunday tuyg‘u so‘nib boradi. Mabodo, insonning tashqi 
qiyofasi bilan uning ichki olami orasida ziddiyat kuchayib, uzilish

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin