yaxshi fazilatlari, xislatlari unda mujassam, deb maqtanib keldik.
Afsuski, o ‘sha orzu qilingan odamning ming xil sayqal berilgan
qiyofasi bizdan borgan sari uzoqlashaverdi va asta-sekin xiralashib
qoldi. Chunki yonginamizda faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy basha-
ralar bilan orzu qilingan, tasvir etilgan, ko‘klarga ko‘tarib maqtal-
gan kitobiy qiyofalar orasidagi ziddiyat keskinlashib, amalda al-
laqanday tubsiz jarlik vujudga keldi. Ushbu ziddiyatning mahsuli
bo'lgan manqurtsimon, m a’naviy majruh odamlar soni ko‘payib
ketdi.
Hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyoti, ayniqsa, fan va texnika
progressining inson jismoniy va m a’naviy qiyofasiga, ruhiyati va
professional malakasiga ta ’siri uni bir butun, yaxlit o'rganishni
talab qilmoqda. Afsuski, hozirgi zamon fani to ‘plagan inson
to ‘g‘risidagi m a’lumotlar jahon sivilizatsiyasining bugungi talab-
lariga mutlaqo javob bermaydi. Chunonchi, insonshunos olimlar-
ning guvohlik berishicha, bugungacha to ‘plangan barcha bilimlar-
ning 95—98 foizi tabiat muammolariga bag‘ishlangan. Inson tabi-
atini ifodalovchi m a’lumotlar, to ‘plangan ilmlarning bir foizidan
ham kamrog‘ini tashkil etadi. 0 ‘z navbatida, bunday keskin farq-
ning vujudga kelishiga jahon dinlari ham sabab bo‘ldi. Chunki
jahon dinlari uzoq vaqt nafaqat insonning jismi, ruhiyati va
m a’naviyatini o‘rganishga, hatto uning tashqi qiyofasining surati-
ni chizishga ham qarshilik ko'rsatdi1.
Boz ustiga, totalitar tuzum mafkurasining asosi hisoblangan
markscha-lenincha falsafaning eng asosiy kamchiliklaridan biri ham
insonning ruhiy-m a’naviy olamini o'rganishga yetarli e ’tibor ber-
m aganligidir. Shuning uchun fuqaroviy, ya’ni insonparvar,
demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlat barpo etish uchun
ommaviy harakat avj olgan 0 ‘zbekiston sharoitida mamlakatimiz-
ning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taqdirini hal qiluvchi
bo‘lg‘usi yuqori malakali mutaxassislarni inson to ‘g‘risidagi fal-
safiy bilimlar taraqqiyoti bilan qurollantirish — umumdavlat,
umumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarixiy zaruriyatdir.
Mamlakatimiz oliy va o‘rta maxsus o ‘quv yurtlarini tugatib,
hayotga qadam tashlayotgan har bir yosh mutaxassis, ayniqsa,
xalq maorifl tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ta ’lim va tarbiya
jarayonining tashkilotchilari va targ‘ibotchilari o ‘zlarining kasb-
ko r m alak alarin i ja h o n sivilizatsiyasi talab lari darajasiga
Dostları ilə paylaş: