insoniylik,
eng avvalo, insonparvarlikda o ‘z ifodasini topadi.
Insonparvarlik deganda axloqiy normalar, udumlar, etiketlarga
amal qilish, xususan, to ‘g‘ri so‘zli, oqko‘ngil, mard bo‘lish
tushuniladi1. Shuningdek,
odamdagi insonparvarlik, xayrixohlik
har bir kishi o ‘ziga topshirilgan vazifani aniq bajarishi bilan
amalga oshirilmog‘i, chunonchi, davlat boshlig'i
davlat ish-
larini, ota otalik, o ‘g‘il o ‘g‘illik vazifasini bajarishi zarur2.
Inson to ‘g‘risidagi mifologik-diniy qarashlar o'rnini asta-sekin
falsafiy qarashlar egallay boshladi3. Bunday qarashlami qadimgi
Xitoy falsafa maktablaridan Yan in szi (eramizdan awalgi V III—
VI asrlar)da ko‘rish mumkin. Ushbu maktab
muxlislarining fikriga
ko‘ra, Koinotda tartibsiz uchib yurgan o ‘n ming narsalar zami-
rida ikki ilohiy qudrat: Yan va In vujudga keldi. Yan (erkak
xohish-irodasining asosi) butun osmonni boshqargan bo‘lsa, In
(ayollikning asosi) yemi boshqargan emish. O'sha ikki qudrat
orasidagi o'zaro aloqadorlik butun olam binosining asosini barpo
etibdi.
Erkaklik va ayollik, shuningdek, «besh stixiya»: suv, olov,
metall, yog‘och, urug‘ orasidagi o'zaro aloqadorlik inson ruhiy-
m a’naviy qiyofasining asosini tashkil etarkan4.
Qadimgi Xitoyda inson to ‘g‘risidagi falsafiy fikrlar doirasi
uzluksiz kengaya boshladi.
Chunonchi, qadimgi daosizm ta ’limotida
odamning inson darajasiga ko‘tarilish jarayoni, insonning in-
soniyligini ifodalovchi prinsiplar,
ularning farovon turmushi,
baxt-saodati haqida bir qator yangi fikr-m ulohazalar bayon
etilgan. Daosizm ta ’limotiga eram izdan aw algi VI—V asrlarda
yashagan Laotszi asos solgan.
Daosizm ta’limotiga ko‘ra, Dao — olamda mavjud bo‘lgan barcha
mavjudotlaming ibtidosi. Uning mavjudligini ta’minlovchi
asosiy
prinsipdir. Dao olamdagi barcha hodisa va voqealami, narsalami
narsa qiladigan qudratdir. Dao kosmik jon bo‘lib, hamma tomondan
oqib turadi, u o‘ngda ham, so‘lda ham bo‘Ushi mumkin.
Uning
sharofati bilan butun mavjudot tug'iladi va doimiy o ‘sishdan
to‘xtamaydi. Hamma mavjudot ertami-kechmi unga qaytadi5.
Dostları ilə paylaş: