uning nafasidan shamol, bulut, boshidan momaqaldiroq, chap
ko'zidan quyosh, o ‘ng ko‘zidan oy, beli, oyoqlari va q o ‘llaridan
yorug1 dunyoning to ‘rt tom oni, qonidan daryolar, terlaridan
yom g'ir va shudring, ko‘zining yarqirashidan yashin paydo
bo‘lgan em ish1. Cheksiz bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning
qudratli zarbasidan yer va osmonga bo‘linib ketibdi. O'zining
sehrli kuch-qudrati bilan olamda tartib-intizom o‘m atgan Odam-
ato — Pangodan odam zot bir umrga qarzdor emish.
Dastlabki odam bolasining vujudga kelishi, uning inson dara-
jasiga ko‘tarilishi haqidagi fikr-mulohazalar uzluksiz o‘zgarib bor-
gan. C h u n o n c h i, q adim gi «A shulalar kitobi» (« S h e’rlar
to ‘plami»)da aytilishicha, odam ni («Туап») osm on yaratgan
emish. Osmon eng umumiy yaratuvchi, buyuk boshqaruvchi
bo'lganligi uchun ham odam degan zotni yaratdi va unga hayot
ato etdi.
Qadimgi Xitoy manbalarida'n biri «O'zgarish kitobi»da bayon
qilinishicha, odam olam bilan bevosita bog‘liq. Olamni olam
qilib ushlab turgan o ‘nta asosiy ustun bor. Butun olam o ‘nta
ustun: yan, in, osmon, yer, inson, olov, suv, metall, yog‘och,
urug‘larga tayanib turadi. 0 ‘sha ustunlaming mustahkamligi in
son va uning amaliy faoliyati bilan bog‘liq. Inson faoliyati esa
dunyoqarash bilan aloqador. Osmon, yer va inson dunyoqa-
rashning asosiy elementlari emish. K o‘rinib turibdiki, qadimgi
Xitoy manbalarida inson, osmon, yer orasida o ‘zaro aloqadorlik
mavjudligi e ’tirof etiladi.
Qadimgi Xitoy manbalarida ta ’kidlanishicha, odamzot hayo-
tida kosmos bilan oqilona munosabatda bo‘lish hal qiluvchi ahami-
yatga egadir. 0 ‘sha uyg‘unlashuv (garmoniya) insonning xulq-
atvorida, xatti-harakatida, rasm-rusumlari, urf-odatlari, taom -
larida yaqqol namoyon bo'ladi. Inson xatti-harakatida yaxshilik va
yomonlikning vujudga kelishi uchun turtki beradi. Yomonlik kos
mos bilan inson orasidagi nooqilona munosabatlarning natijasi
emish.
Odamning inson darajasiga ko'tarilishi, uning boshqa tirik
mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy xususiyatlari haqidagi dast
labki fikr-mulohazalami ham, yuqorida biz eslatib o ‘tgan, qadim
gi Xitoy manbalarida uchratish mumkin. C hunonchi, odamdagi
Dostları ilə paylaş: