2. QADIMGI ERON VA TURON
FALSAFASIDA INSON TASVIRI
I
Inson to ‘g‘risidagi qarashlarni eramizdan awalgi V II—VI asr-
larda 0 ‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari, xususan, Eron va
Turonda keng tarqalgan mifologik-diniy, diniy-falsafiy ta’limotlarda
yaqqol ko‘rish mumkin. Ana shunday ta ’lim otlardan biri Zar-
dushtiylik edi1,,
Zardushtiylik ta ’limotiga Turonzam inning Xorazm o ‘lkasi
qishloqlaridan birida tavallud topgan, o‘z zamonasining yirik
qomusiy olimi, shoir Zardusht—Spitamon2 asos solgan. U yosh-
ligidan bilimga, ilmga chanqoqligi bilan tengdoshlaridan ajralib
1 Zardushtiylikning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan hissasini har
tom onlam a o ‘rganishda XVIII asrda ijod etgan Anketil Dyuperron, ingliz tad-
qiqotchisi Dj. Buggerlarning xizm atlari katta b o ‘ldi. Xususan, A.Dyuperron
«Avesto»ni fransuz tiliga tarjima qildi va alohida kitob qilib chop ettirdi. «Avesto»ni
nemis tiliga tarjimasi F.Shingel va F.Volflar tom onidan (1852—1863) amalga
oshirilgan b o ‘lsa, ingliz tilidagi tarjimasi I.Darmstater va L.X.Millslar tom oni-
dan bajarildi. Daniya tiliga «Avcsto»ni A.Xristansen tarjima qilgan bo‘lsa, fors
tilida bunday xayrli ishni Ibrohim Pur Dovud bajargan. Eron va Turon xalqla-
rining qadimiy madaniy merosining buyuk durdonasi bo'lgan «Avesto»ni o ‘zbek
tiliga 1990—1999-yillarda shoir Asqar Mahkam tarjima qildi. Kitobning qo‘lyozma
nusxasi Kopengagenda saqlanmoqda.
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta ’lim otining asoschisi Zardusht ilm iy-m adaniy
merosini tahlil qilishda XIX asrning mashhur nemis faylasuflari Vilgelm Gegel,
Fridrix Nitsshelar munosib hissa qo‘shdilar. F.Nitsshe o'zining «Zardusht taval-
Dostları ilə paylaş: