O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Qarang: Степанян М.И. Восточная философия. М ., 1997, 48-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

2 Qarang: Степанян М.И. Восточная философия. М ., 1997, 48-bet.

Qarang: Ф илософ ия. Часть первая. И стория ф илософ и и. М ., 1999,
42—44-betlar.
21


adolat, mardlik, urf-odatlarga rioya qilish, bilimdonlik bezab 
turm og‘i lozim, deydi. «Hikmatli zot» fuqarolarga nisbatan 
muruvvatli, xizmat vazifasini sidqidildan bajaruvchi, egallab 
turgan lavozimidan o ‘ziga shon-shuhrat orttirish uchun emas, 
balki jamiyat a ’zolari farovonligini ta ’minlashga qaratmog‘i darkor. 
Uning xatti-harakatlari ohista va xotirjam, tabiatiga dag'allik va 
fahmsizlik begona, kiyinishlari ozoda va o ‘ziga munosib, jam i- 
yatda o ‘rnatilgan m a’naviy-axloqiy qoidalaming mohiyatini chu- 
qur anglab yetuvchi, boylik va m artabani «taqdir in ’omi» deb, 
ularga atayin intilmaydigan, xayr-u saxovatli, lekin isrofgar- 
chilikka yo‘l bermaydigan, halollik bobida sobitqadam va duch 
kelgan guruhga qo‘shilib ketavermaydigan kishidir. Konfutsiy 
bunday xislatlar sohibi bo‘lgan kishini «Go'zal inson», deb 
biladi. Jamiyatni, davlatni shunday «Go'zal inson»lar boshqar- 
sa, shubhasiz, unday yurtda farovonlik ta ’minlanadi.
Konfutsiy «Himmatli zot» shaxsining antipodini — «Noba- 
kor kimsa», deb ataydi. «Nobakor kimsa»ning xatti-harakati, 
«Him m atli zot»nikiga teskari. U o ‘z nafsining quli, burch, insof 
nimaligini um um an bilmaydi. Jam iyatda o ‘m atilgan tartib-inti- 
zom ni makkorlik bilan buzadi. Jamiyatning hukmdori bo'lgan 
«Osmon o ‘g‘li» xohish-irodasini sezmaydi. Uning bisotida jam i­
yatning martabali kishilariga, donishmandlariga, olim -u fozil- 
lariga hurm at-izzat bo'lmaydi. Eng m uhim i o ‘z qadr-qim m atini 
bilmaydi, hatto talonchilik qilishdan ham uyalmaydi. Shunday 
qilib, Konfutsiy ta ’limotida insonning shaxsiy, axloqiy xislatlari 
chuqur ijtimoiy mazmunga ega bo'lgan m e’yorga aylanadi.
Konfutsiyning e’tirof etishicha, «Himmatli zot» hasad bilan 
shug'ullanmasligi, hasadgo'ylar davrasida bo‘lmasligi, birovlarga 
hasad bilan qaramasUgi, o'zidan yuqori martabali kishilarga izzat- 
ikromli, qo‘l ostida ishlovchi fuqarolarga muruvvatli, xalqni 
boshqarishda adolatli, o ‘z hayotini garovga qo‘yib bo ‘lsa-da, 
to ‘g‘rilikni himoya qilishi zarur. Jamiyatni, davlatni boshqaruvchi 
oliy «Him m atli zot» biyron so'zli notiq yoki oliy himmatli 
kishi bo ‘lmasligi mumkin. Chinakam «Himmatli zot» so'zi ishiga 
mos tushm asa qattiq aziyat chekadi. Bunday kishilar hamisha 
obro'li, dovruqli bo'lam an, deb emas, balki o'zida bor im- 
koniyatlarni, qobiliyatlarni to ‘la ro‘yobga chiqara olmadim, deb 
aziyat chekadilar.
Konfutsiyning fikriga ko'ra, «Himmatli zot» quyidagi to'qqiz
22


holatni o ‘zining amaliy faoliyatida muhim ahamiyatga ega, deb 
qaramog‘i darkor. Chunonchi: qaraganda ko‘ra olishni (ko'rishni); 
tinglaganda eshita olishni (eshitishni); birovlar bilan so‘zlashganda 
chehrasida samimiyat, qiyofasida o ‘zgalarga ehtirom bo ‘lishni; 
nutqida sadoqat, ishida shinavandalik bo‘lishini; shubhalanganda, 
boshqalardan so'rashni; tutaqqan paytda oqibatni o‘ylashni; bir 
narsani boshqalardan olayotganda uning qarz ekanligini tushu- 
nib yetishni unutmasligi darkor. Mamlakatni boshqaiganda, beshta 
go‘zal usulga astoydil amal qilishni va to 'rtta holatdan o ‘zini 
olib qochishi zarur. C hunonchi, «Himmatli zot» jam ivatni 
boshqarganda, eng avvalo, JsrofgarchjJikka. 
yoll 
qo‘ymasligi; J s h
p ay tid a ta la b c h a n b o ‘lis h iv lekin.. b a sh q a la rd a n o ro z ilik
uyg‘otmasligi; istak-xohishni ro‘yobga chiqarayotganda ochko‘zlik 
qTrrnasIIgi; keng xulq-atvorga ega b o ‘lishi, lekin takabbur 
bo‘lmasligi; hamisha o'zining ulug‘vorligi bilan ajralib turishi, 
lekin atrofdagilarga vajohat solmasligi kerak.
Konfutsiy «Himmatli zot» jamiyatni boshqarganda, boshqaruv- 
ning to ‘rt yaramas usulidan qochishini maslahat beradi. C hu­
nonchi, qonunni chetlab o ‘tib, shoshma-shosharlik bilan tut- 
qinni o'limga hukm etishni, ya’ni shafqatsizlik qilishni; top- 
shirilgan ish natijasini ogohlantirmasdan turib talab etish, ya’ni 
zo‘ravonlik qilishni; ish tugatilib, yakuniga yetib qolgan bo‘lishiga 
qaramasdan, tegishli buyruqni hayallatib o‘tirish, ya’ni qaroqchilik 
qilishni; mehnatga haq to ‘lashda xasislik, ya’ni pastkashlik qi­
lishni tushunadi.
Qadimgi Xitoy mutafakkiri insonda insoniylik xususiyatlari- 
ning shakllanishida jam iyatni boshqarib turgan rahbarning m u­
ruvvatli bo‘lishi katta ahamiyatga ega ekanligiga e’tiborni qaratadi. 
Muruvvatli rahbar deganda, eng avvalo, xalqqa foyda keltiruv- 
chi yumushlar bilan shug‘ullanishni; fuqarolarning qobiliyatla- 
riga qarab ish berishni va berilgan ishni o ‘z vaqtida bajarilishini 
talab qilishni; katta va kichik, bosiq va tez odam lar bilan bir 
xil muomalada bo‘lishni; qarashlaridagi qat’iyatni tushunadi. 
B unday xislatlar «H im m atli zot»ni yanada . u lu g 'v o r qilib 
ko‘rsatadi.
Konfutsiy o ‘zi yashayotgan jam iyatda sodir bo ‘layotgan ax- 
loqsizliklardan qattiq tashvishga tushadi, fuqarolami tarbiyalash- 
ga harakat qilib, ularni insof-diyonatga, bir-birlarini hurm at 
qilishga, atrof-m uhit musaffoligini ta ’minlashga chorlaydi. Uning
23


tushuntirishicha, insoniylikning turli-tum an ko‘rinishlarini o ‘zida 
mujassamlashtirgan chinakam inson faqat o ‘zi uchun emas, 
boshqalar uchun ham yashamog‘i darkor. Insonning insoniyligi, 
eng aw alo, quyidagi talablarga javob bermog‘i darkor. C hunon­
chi: a) o ‘zi erishishni orzu qilgan muvaffaqiyatlarga boshqalar 
erishishi uchun har tom onlam a ko‘mak ber; b) o‘zingning bo- 
shingga tushishini istamagan kulfatlarni boshqalarga ham ravo 
ko‘rma.
Konfutsiyning falsafly ta ’lim otida odamning chinakam inson 
darajasiga ko‘tarilishida jam iyat, unda o ‘rnatilgan tartib-intizom
hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Shuning uchun ham yetuk inson jamiyatda mavjud bo‘lgan tartib- 
qoidalarni hurm at qilmog‘i darkor. Jamiyatda insonparvarlikka 
O’en) asoslangan barcha tartib-intizom lar osmondan tushgan, 
unga hamm a itoat qilishi shart. Barcha tartib-intizomlar, axloqiy 
qoidalar, Konfutsiy qarashlarida — «Li» degan tushunchada o ‘z 
ifodasini topgan. Jamiyatda «Li» bo ‘lmasa tartib-intizom ham 
bo ‘lmaydi, tartib-intizom yo‘q joyda esa rivojlanish bo‘lmaydi, 
degan fikr-mulohazalar Konfutsiy ta ’limotida markaziy o ‘rinni 
egallaydi. Konfutsiy ta’limotida ushbu g‘oyalar jamiyatni boshqarib 
turgan hukmdorlar uchun o £z hukm larini so‘zsiz bajartirish, 
fuqarolarga tobelik ruhini singdirish, hech qanday e ’tirozsiz 
bo‘ysunish kayfiyatini shakllantirish uchun qo‘l kelganligini ham
unutm aslik lozim.
Jahon sivilizatsiyasi tarixida birinchilardan bo‘lib xitoylik mu- 
tafakkir Konfutsiy inson faoliyatini baholovchi m ezonni yara- 
tishga harakat qildi. Uning tushuntirishicha, odamlar o ‘rtasidagi 
o ‘zaro munosabatlar tabiat qonunlariga asosan emas, balki al- 
laqanday o‘ziga xos qonuniyatlarga asosan sodir bo'ladi1.
Kishilar faoliyatini to ‘g‘ri baholam oq uchun, eng aw alo, 
o ‘sha faoliyatning sodir bo ‘lish sabablarini aniqlamoq zarur. Bir 
ibora bilan aytganda, inson faoliyatiga baho berganda, uning 
so‘ziga, nutq irod qilishiga qarab emas, balki kundalik ishiga 
qarab baholam oq zarur,2 degan xulosaga keladi.
Qadimgi Xitoy falsafasida inson to ‘g‘risidagi falsafly fikrlar 
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ta ’limotlardan yana biri

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin