1 Qarang: Ф илософия. Часть первая. История ф илософ и и. М ., 1999,
44—46-betiar.
2 Qarang: Краткая история ф илософии. М ., 1996, 79-bet.
25
maqsadda, hukm dor hammaga bir xil talab qo‘ygan qonun va
adolat imkoniyatlaridan foydalanishi darkor. M ansabdorlarning
o ‘zboshimchaliklariga chek qo‘yilishi kerak. Ana shunday yo‘l
bilan osmon o ‘g‘li bilan xalq va davlat orasida majburiyat (shart-
nom a), aloqa o ‘rnatiladi. Bunday shartnom aning bajarilishida,
shubhasiz, hukm dor hal qiluvchi rol o ‘ynaydi.
M oizm ta ’limotiga ko‘ra, osmonning xohish-irodasi inson
taqdirini, kelajagini belgilovchi omil emas. U faqat kishilarni
bir-birlariga adovat, nafrat bilan emas, balki ularni do ‘st-u
birodar, ham kor-u ham dard, xayrixoh b o ‘lishga, hurm at qi
lishga chorlaydi. Odamlarning o‘zaro munosabatlarida ana shun
day m unosabatlar shakllangandagina jam iyatda uyg‘unlashuv,
barqarorlik sodir b o ‘ladi. M oistlar insonning bilish borasidagi
faoliyatini takomillashtirishga harakat qildilar. Olamdagi hodisa va
voqealarni o ‘rganishda, bilishning hissiy va aqliy shakllaridan
oqilona foydalanish yo'llarini izladilar.
Shunday qilib, qadimgi Xitoy faylasuflari, insonning ruhiy-
m a ’naviy qiyofasining shakllanish jarayonini, osm on va yer
m unosabatlarining uyg‘unlashuvi chig‘irig‘idan o'tkazib tahlil
qildilar.
Xullas, qadimgi H ind faylasuflari — inson ikki yirik qudrat:
tan a bilan jonning uyushm asidan iboratligi, jo n tanani tark
etib ruhga aylanib turishi, ruh esa o ‘lmasligi, u m a’lum vaqt
o ‘tgach yana boshqa tanaga qaytib kirishi mumkinligini, tana
bilan jo n biri ikkinchisi bilan bog‘liq b o ‘lib, biri ikkinchisiga
ham isha ta ’sir o'tkazib borishi, odam zot tanasining shakli
(jismi) uzoq davom etgan evolyutsion o ‘zgarishlarning natijasi
ekanligini isbotlashga uringan bo‘lsa, qadimgi Xitoy faylasuf
lari inson kundalik amaliy faoliyatini axloqiy norm alar yor-
dam ida boshqarish mumkinligi, ayniqsa, kishidagi insoniy fa-
zilatlaming shakllantirishda tarbiya, tartib-intizom muhim aham i
yatga ega ekanligi, inson kam olotida tabiiy-ijtim oiy m uhit hal
q ilu v ch i o m illig in i tu sh u n tirib b erish g a h a ra k a t qildilar.
Shuningdek, inson axloqining ijtim oiy m aqom ini (statusini)
yaratishga asos soldilar.
Qadimgi H ind va Xitoy faylasuflari, odam ni inson darajasiga
ko ‘tarish jarayonini, asosan, aql im koniyatlaridan foydalanib
tahlil qildilar. «Fikrlovchi mavjudot» — inson o ‘zining kundalik
amaliy faoliyatidan aqlan qoniqmas ekan, turgan gapki, qolgan
ishlaridan ham hech qachon qoniqish hosil qilmaydi. Aql im-
26
koniyatlariga asoslangan qadimgi Hind va Xitoy faylasuflari inson
hayotining m a’no va m azm unini boyitish uchun fuqarolar
tashvishlarini kamaytirish yo'llarini izladilar. Eng muhimi, farovon
turm ush qurishni orzu qildilar. Ana shunday hayotni Ьаф о
etishda, asosan, insonning o ‘zi mutasaddi ekanligini isbotlashga
urindilar. Shuning uchun ham insonni buyuk qadriyat, deb e’lon
qildilar.
Qadimgi Hind va Xitoy faylasuflari farovon turm ushni ya-
ratish uchun odam lar orasidagi m unosabatlarni o ‘zgartirish
zarurligini alohida ta ’kidladilar. O 'sha munosabatlarga gumanistik
m azm un ato qildilar. Eng muhimi insonning o'zini o ‘zgartirish,
uning ruhiy-m a’naviy olamini takomillashtirishga e’tibom i qarat-
dilar.
Dostları ilə paylaş: |