m oizm dir1. M oizm ta ’limotining asoschisi Mo di (Mo-Szi)dir.
(M o di eramizdan awalgi 480—400-yillarda yashagan.) U yarat-
gan inson to ‘g‘risidagi falsafly fikrlar asosida «umumiy, o ‘zaro
muhabbat va manfaat» uyg‘unligi haqidagi g‘oya yotadi. Moizm,
Konfutsiy ta ’limotidan farqli o ‘laroq, adolat bilan manfaatni
yagona bir tugunga birlashtirishga harakat qildi. «Adolat — bu
foyda demakdir», deb tushuntirdi. Foyda, manfaat, moizmda
faqat kishi
uchun emas,
balki butun jamiyat, butun xalq uchun
xarakterli xususiyat ekanligini isbotlashga urinadi. Shuning uchun
ham, Moizm muxlislari «faoliyat» (vey) va axloqiy xulq-atvor,
xatti-harakat» (sin) tushunchalarini birini ikkinchisidan ajratdi-
lar. Ularning fikriga ko‘ra axloq-odobning yagona mezoni —
ezgulikka qaratilgan xatti-harakatdir. Bunday xatti-harakat faqat
shaxsiy o ‘mak ko‘rsatish orqali ro‘yobga chiqadi. Ezgulikka qara
tilgan xatti-harakat uning maqsadi, sabab va oqibatlariga qarab
aniqlanadi, «xizmati», «mukofoti», «shon-sharafi», «jinoyatlari»,
«jazosi»da o‘z ifodasini topadi.
«Umumiy, o ‘zaro muhabbat va manfaat» prinsipi namoyon
bo ‘lishining ideal holati osmon xohish-irodasi bilan bog‘liq,
deyiladi, Moizm ta ’limotida. Chunki, osmon olamdagi butun
mavjudot uchun andoza (etalon)dir. Yerdagi uning o ‘g ‘li (im
perator) xuddi shu andozani turmushga tatbiq etish uchun
m as’uldir. Yerda uning am aldorlari shunday tartib-intizom
o ‘rnatishlari zarurki, u tufayli barcha kishilar bir-birlarini se-
vishlari, bir-birlariga yordam qo'llarini cho‘zishlari, chunonchi:
«boylar o ‘z boyliklarini kambag‘allar bilan baham ko‘rishlari»,
«o‘qim ishli kishilar savodsiz odam larni savodli qilishlari»,
«zo‘rlar zaiflarni himoya qilishlari» darkor. Xalq eng oliy qadri-
yat hisoblanadi, shuning uchun ham uning ehtiyoj va istaklarini
ro ‘yobga chiqarish, hukm dor uchun osmon xohish-irodasini
namoyon qilishdir. Mo di yozganidek, chinakam jasorat egasi
b o ‘lgan hukm dor o ‘zining xatti-h arak atin i osm on ostining
manfaati bilan taqqoslaydi, ularning charchab-xorishlarini yanada
chigallashtirmaydi. Chinakam insonparvar hukmdor xalqning mol-
mulkiga ziyon-zahmat yetkazadigan, ularning kiyim-boshi, oziq-
ovqatlarini tortib oladigan biron ish qilmaydi2. Ana shunday
Dostları ilə paylaş: