kitobi «Avesto»da bayon qilingan olam
va odam munosabatlarini
sharhlashga intilish ham o ‘sib bordi. «Avesto» qoidalarini sharh-
lashga bag‘ishlangan risolalar paydo bo‘la boshladi1. Ana shunday
risolalardan biri, milodiy IX asrning boshlarida Ozorbod Im i-
don va Ozorfarinj Farrukzodonlar tomonidan yozilgan «Din-
kard» («Din sarguzashtlari») kitobidir. «Dinkard»da zardushtiy-
likning paydo bo ‘lishi, uning ilk davri
hamda shakllanish jara-
yonlarining o ‘ziga xos xususiyatlari, «Avesto»ning yozilish ta-
rixiga oid bir talay m a’lum otlar berilgan. Ushbu asar pahlaviy
tilida («Avesto» yozilgan tilda)
yaratilgan mukammal ilmiy
manbadir. Bizning zamonamizga «Dinkard»ning bir necha nus-
xasi yetib kelganligi quvonchli voqeadir2.
Zardushtiylik ta ’limotining markaziy muammosi olam bilan
odam o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik jarayoni,
odamning inson
darajasiga ko‘tarilganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahliliga qara-
tilganligi edi. Bu ta ’limotga ko‘ra, odam borlig'i olam borlig‘i
bilan bevosita aloqador. Ushbu ta ’limotga muvofiq, butun olam
borlig‘i to ‘rt unsurdan (chor unsur)3: tuproq, suv, havo, olovdan
iborat. Olam borlig‘ining eng murakkab shakllaridan biri bo ‘lgan
odamning
tabiati ham, shubhasiz, o ‘sha to ‘rt unsur bilan bog‘liq
bo'ladi. Shuning uchun ham, ushbu to ‘rt unsur hamisha m u-
qaddas hisoblangan. Zardushtiylik ta ’limotiga ko‘ra
inson bilan
tabiat orasidagi o ‘zaro aloqadorlikka putur yetkazmaslik darkor.
Yer, suv, havoni ifloslantirish gunohi a’zim hisoblangan. H atto
suvga tupurgan kishiga o ‘lim jazosi tayinlangan. Zardushtiylik
ta ’limotida bayon qilinishicha, hatto
insonning mijozi ham olam
borlig‘i tarkibidagi chor unsur bilan bevosita bog‘liq. Vazmin,
bosiq odamlarni «hoksor» deb atash, g‘ayratli, harakatchan
kishilarni «jo‘shqin», «toshqin», «qaynoq qon», deb baholash
yoki beburd, yengiltak kishilarni «havoyi», «bodiy»,
deb atash
ham o ‘sha zamonlardan qolgan udumlardir.
Odamzot tuproqda vujudga kelib, tuproqqa qaytishi lozim,
degan nuqtayi nazar zardushtiylik ta ’limotidagi eng m uhim
g‘oyalardan biri edi. Odam o ‘lgandan so‘ng,
uni muqaddas
Dostları ilə paylaş: