Ushbu maktab ijodkorlari turli m ashqlar yordamida inson ruhi-
yatini, m a’naviyatini, fikrlash tarzini o'zgartirish mumkin, de-
gan g‘oyani bayon qildilar. H atto turli mashqlar yordamida
insonda xayrihohlikka, ezgulikka, yaxshilikka intilish kabi oli-
janob xislatlami shakllantirish m um kin, deb hisoblaydilar1.
Qadimgi H ind falsafasidagi ortodoksal oqim -m aktablardan
yana biri mimansadir. Ushbu maktabga eramizning uchinchi
asrlarida yashagan Jaymini asos solgan. M imansa maktabining
muxlislari yana Vedalarga qaytishga d a’vat etadilar. Ulaming
fikricha, haqiqatni inson aqli yordamida bila olmaydi. Haqiqatga
faqat bilim va ongli harakat yordamida erishiladi, degan g'oyani
ilgari suradilar. Kishilami diniy urf-odatlarga rioya qilish, ijti-
moiy burchni bajarishga chorlaydilar. M imansa maktabining
muxlislari fikriga muvofiq, ijtimoiy burchga (dxarmaga) sadoqat
insonni o'zligini anglashga olib kelishi mumkin. 0 ‘zligini ilg‘ab
olish — insonga har qanday badbaxtliklardan qutulish uchun
oxirgi najotdir, degan fikrni bayon qiladilar.
Noortodoksal oqimning shakllanishida salmoqli hissa qo'shgan
diniy-falsafly maktablardan biri jaynizm dir2. Jaynizm maktabiga
eram izdan aw al oltinchi asrda yashagan, Kshatriy tabaqasiga
mansub Bixarlik Maxavira Vardxamana asos solgan. Maxavira (yoki
Jina) asos solgan jaynizm ta ’limotiga ko‘ra, inson borlig'ini
ikki: moddiy va m a’naviy (ruhiy) asos tashkil etadi. O 'sha asos-
lar biri-biri bilan «karmalar» orqali bog‘lanib, biri ikkinchisiga
ta ’sir o‘tkazib turadi. Inson tanasining asosini ham xuddi o ‘sha
karmalar (nozik material, yoxud nozik materiya) tashkil etadi.
Inson tanasida nozik materiya dag‘al materiya bilan qo‘shilishi
uning m a’naviy-ruhiy holatining doimiyligini ta ’minlaydi.
Jaynizm maktabi ijodkorlari karm a konsepsiyasini ishlab
ch iq d ilar. U shbu konsepsiyaga m uvofiq, m oddiylik bilan
m a’naviylik orasidagi o ‘zaro aloqadorlikning sakkizta turi bo‘ladi.
0 ‘sha sakkizta tur biri ikkinchisidan o ‘ziga xos xususiyatlari bilan
tubdan farq qiladi. Lekin o'sha sakkiz xususiyat orasida muhim
ikki fundamental xususiyat: yaxshilik va yomonlik inson amaliy
faoliyati uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo ‘ladi. Xuddi o‘sha
Dostları ilə paylaş: