yaratilgan fenomenologik uslubni qayta ko‘rib chiqqanligidir.
K.Uilsonning e’tirof etishicha, inson ongi intensionallashuv
jarayonini o‘rganganda his-tuyg‘ulami ijobiy va salbiy holatlarga,
jonli va jonsiz obyektlarga bo‘lib o‘rganish zarur. Ana o‘shanda
inson ongining strukturasi to ‘g‘risida aniq ma’lumotga ega
bo‘lamiz, deb tushuntiradi1.
Angliyalik mashhur yozuvchi Ayris Merdok vatandoshi
K.Uilson fikr-mulohazalariga asoslanib, odamlarni ma’naviy in-
qirozdan olib chiqishga harakat qiladi. J.P.Sartming ashaddiy mux-
lisi bo'lgan A.Merdok o'zining ekzistensialistik qarashlarini 1953-
yilda yozgan «Sartr romantik ratsionalist» kitobida bayon qiladi.
Uning fikriga ko'ra, haqiqiy ekzistensiyani reallikdan izlamaslik
darkor. Haqiqatni inson muhabbatidan izlash lozim. Inson nima-
ni yaxshi ko‘rgan bo'lsa, nimaga mehr qo'ygan bo‘lsa, haqiqat
ni o‘sha yerdan qidirish kerak. Chunki har bir insonning olamga
bo'lgan mehr-muhabbati o‘zgacha bo'ladi. Inson o'zida mavjud
bo‘lgan xudbinlikdan voz kechgan taqdirdagina chinakam baxtga
erishishi mumkin2.
Ekzistensializm falsafasida olg‘a surilgan eng muhim konsep-
tual g ‘oyalandan yana biri
— hayot va mamot g'oyasidir. Xusu-
san, Alber Kamyu o'zining «Sizif haqida afsona» asarida inson
ning o'zini o‘zi o'ldirishi muammosini tahlil qilish — falsafa
ning asosiy tadqiqot obyektlaridan biri bo‘lmog‘i lozim, deb
qaraydi. Zamonasining turli dahshat, vahimalaridan tushkunlikka
tushib, shoshib, gangib qolgan inson hayotini saqlab qolishni
Alber Kamyu o‘zining fnsoniy burchi, deb hisoblaydi.
O'zining joniga qasd qilishga ahd-u paymon qilib turgan kishiga
falsafa yordam qilishi mumkinmi? A.Kamyuning ta’kidlashicha,
falsafa o‘lim oldidan talvasaga tushib qolgan kishiga «hayot
go'zaldir», degan optimistik aqidalami takrorlab turishi bilan
yordam bera olmaydi. Tushkunlikdan rangi bo‘zday oqarib, qal-
tirab turgan kishi bunga ishonmaydi. Inson eng ajoyib zamon4a
yashamoqda deb uqdirayotgan falsafiy konsepsiyalar o‘lim ara-
fasida turgan kishi uchun bema’ni, axloqsiz, quruq bir narsaga
aylanib qoladi. .
Tog‘dan tushib ketishi muqarrarligini bila turib, tosh yu
malatib chiqayotgan Sizifning harakatlari kabi, o‘lim arafasida
Dostları ilə paylaş: