O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Выготский A .C. Мышление и речь. М ., Л ., 1934



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Выготский A .C. Мышление и речь. М ., Л ., 1934.
380


munosabatlami boshqarish odamni inson darajasiga ko'tarishda 
eng muhim shart-sharoit vazifasini bajardi. Oilaviy munosabat- 
larni boshqarish mexanizmini takomillashtirish, o‘z navbatida, 
axloqiy normalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Boshqacha 
aytganimizda, insonning ba’zi hayvoniy qiliqlari, odatlari axlo- 
qiy-ijtimoiy normalar yordamida asta-sekin tartibga solindi. An- 
troposotsiogenez jarayoni taraqqiyotida axloqiy-ijtimoiy norma­
lar va o'lchovlarning vujudga kelganligi insonning hayvondan 
farq qiluvchi eng muhim xususiyatlaridan biridir. Masalan, qadim 
zamonlardan buyon hayvonlarga xos quyidagi qiliqlar, odatlar 
mutlaqo ta’qiqlanadi:
— o‘zining yaqin qavm-qarindoshi bilan jinsiy aloqada bo‘lish;
— eng yaqin kishisiga (masalan, ota-onasiga) qo‘l ko‘tarish, 
taniga jarohat yetkazish;
— o‘zining yaqin kishilariga suiqasd qilish va boshqalar.
Bunday nomaqbul qiliqlar hayvonlarga xos b o ‘lganligi
uchun ham qattiq qoralangan va taqiqlangan. Qadimgi axloqiy 
normalar, turgan gapki, hali takomillashmagan, o‘ta oddiy 
edi. Shunga qaramasdan, bunday normalar insoniylikning eng 
oddiy ko‘rinishlari paydo bo‘layotganligidan dalolat berardi. 
Ular asta-sekin rivojlanib, umuminsoniy qadriyatlarning vu­
judga kelishi uchun zamin yaratdi. Ko'rinib turibdiki, antro- 
posotsiogenez tufayli inson axloqiy mavjudot sifatida ham 
shakllandi, biologik mavjudotning ijtimoiy mavjudotga ayla- 
nish jarayoni sodir bo‘ldi.
Oddiy axloqiy normalar yordamida ibtidoiy jam oa o ‘z 
a ’zolarini barchaga maqbul bo‘lgan tartib va intizomlarni ba- 
jarishga majbur qildi. Xuddi shu holat insonni hayvondan 
u z il-k e sil ajralib c h iq q an lig i va endi orqaga qaytib 
bo'lmasligidan dalolat beradi. O 'z navbatida, ushbu voqea 
ijtimoiy holatning biologik holat ustidan qilgan buyuk g‘alabasi 
edi. Boshqacha aytganimizda, odamning mehnat qilish, mehnat 
qurollari yasashni (paleantroplar) o'rganganligi, m a’lum ax­
loqiy norma va prinsiplarga rioya qila boshlaganligi, ulkan 
«neolitik inqilob» edi. Neolitik inqilob tufayli odam asta-sekin 
ijtimoiylashib bordi.
Odamning dastlabki ajdodi (paleantrop) ov qilib, terib-
381


tergilab yashashga asoslangan faoliyatdan — ishlab chiqarishga, 
yaratuvchanlikka asoslangan (dehqonchilik, chorvachilik, kosib- 
chilik va boshqalar) turmush tarziga o‘ta boshladi. Xuddi shu 
holat, odam ij'timoiy tarixiy mavjudot bo‘lib shakllanayotganli- 
gidan, odam o‘zida insonga xos ijtimoiy fazilatlami mujassam- 
lashtirayotganligidan dalolat berardi.
Yuqoridagi flkr-mulohazalarimizdan shunday xulosaga kelish 
mumkinki, inson o‘zining ijtimoiy-tarixiy mavjudot ekanligi bi­
lan olamda mavjud bo'lgan boshqa tirik mavjudotlardan prin- 
sipial farq qiladi. Undagi barcha fazilatlar, xislatlar — tarixiy 
taraqqiyot tufayli vujudga keldi. Shuning uchun ham inson — 
tarixiy taraqqiyotning ham natijasidir. Insondagi barcha ehtiyoj- 
lar mehnat tufayli hosil bo‘ldi. 0 ‘z navbatida ushbu ehtiyojlar, 
istaklar — mehnat tufayli qondirildi. Mehnat inson ehtiyojlarini 
qondirish bilan cheklanib qolmay, balki uni madaniylashtirdi. 
Inson ehtiyojlarini qondirish malakasi sivilizatsiyaning eng muhim 
elementiga aylandi.
Xullas, inson deb ataluvchi tirik mavjudot:
— moddiy va ma’naviy boylik yaratish uchun zarur bo‘lgan 
mehnat qurollarini ishlab chiqaradi;
— yaxshi va yomon, uvol va savobning farqiga boradigan ax- 
loqiy normalarga ega bo‘ladi;
— tarixiy taraq q iy o tn i harakatga keltiruvchi hissiy va 
aqliy qobiliyatlarga, m oddiy va m a’naviy ehtiyojlarga ega 
b o ‘ladi;
— jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, shakllanmay- 
di, rivojlanmaydi;
— undagi individual xislatlar, fazilatlar mavjud ijtimoiy mu­
nosabatlaming hosflasidir va o‘sha ijtimpiy munosabatlaming tari­
xiy tipiga mansubdir;
— uning kundalik amaliy faoliyati ma’lum maqsadga qaratila- 
di, aniq dastur asosida amalga oshiriladi, ongli — erkin xususi- 
yatga ega bo‘ladi.
Ushbu xususiyatlar olamda mavjud bo‘lgan boshqa tirik mavju- 
dotlardan insonning farq qiluvchi sifatiy xarakteristikalari hisobla- 
nadi. 0 ‘z navbatida, xuddi shu holat inson ham tabiiy, ham 
ijtimoiy mavjudot ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin