O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


INSON - ANTROPOSOTSIOGENEZ



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə284/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1. INSON - ANTROPOSOTSIOGENEZ
JARAYONINING MAHSULI
Hozirgi zamon donishmandlari olamdagi tirik mavjudotlar 
ichida «inson — eng aqlli mavjudot», «inson — o‘zini o‘zi 
anglovchi mavjudot», «inson — m a’naviy va erkin mavjudot», 
degan xulosalarga keldilar. Lekin shuni alohida ta’kidlash zarur- 
ki, insonga xos aql-farosat, o‘zini o‘zi anglash, ma’naviy erkinlik 
birdaniga shakllangan emas. Chunki hayvonning odamga ayla­
nishi uzoq yillar davom etgan jarayondir. Hayvonlaming (gomo- 
noid) odamga aylanishi (antropogenez) va ularning ma’lum bir 
jamiyatga birlashish jarayoni (sotsiogenez) olimlarning guvohlik 
berishicha taxminan uch-uch yarim million yil davom etgan. 
Ya’ni antropogenez va sotsiogenez yagona bir jarayonning ajral­
mas ikki tomonidir. Ko'rinib turibdiki, hayvonning odamga 
aylanishi — antroposotsiogenez jarayonining natijasidir. Tirik 
mavjudotlar olamidan odamning o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
ajralib turishi — o‘lik tabiatdan tirik tabiat, tirik mavjudotlar 
ajralib chiqishiga teng bo‘lgan buyuk sakrashdir.
378


Antropogenez jarayonida mehnat asosiy rol o‘ynaydi. Mehnat 
tufayli inson o‘zi yashayotgan tabiiy muhitni o'zgartiradi, moddiy 
va ma’naviy boyliklar yaratadi, o‘zini o‘zi o'zgartiradi. Inson 
organizmining' sof fiziologik funksiyalari, qo‘l va oyoqlarning, 
bosh va barmoqlarning, tog‘aylar, paylar, suyak va muskullar- 
ning taraqqiy etishi ham bevosita mehnat bilan bog‘liqdir. Bun- 
dan tashqari, m ehnat insonning nafaqat jismoniy, balki 
ma’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham asosiy shart-sharoit 
vazifasini bajardi. Mehnat tufayli inson tabiatga ta’sir etdi. Bu­
ning uchun esa mehnat qurollari yasab, ushbu qurollami uzluksiz 
takomillashtirib bordi. Inson, amerikalik olim B.Franklin aytga- 
nidek, mehnat qurollarini yaratuvchi maxluqdir.
Mehnat qurollarining yaratilishi — insonning ishlab chiqa- 
rish borasidagi faoliyatining o‘q tomiridir. Ma’lumotlarga qara- 
ganda, inson mehnat qurollari yaratishni boshlaganiga bir-bir 
yarim million yil bo‘ldi. Inson dastlabki mehnat qurollarini ov 
qilish, boshqacha aytganimizda, turli maxluqlami o‘ldirish uchun 
kashf etgan. Bu jarayon, ya’ni mehnat qurollarini yaratish jara- 
yoni ham ongsizlikdan onglilik tomon o‘sib, rivojlanib bordi. 
Mehnat qilish insonni takomillashtirish bilan asta-sekin olam­
ning ichkarisiga tomon kirib boraverdi. Yuqoridagi mulohaza- 
lardan shunday xulosaga kelish mumkinki, mehnat — antropo­
genez va sotsiogenez jarayonining markaziy omilidir.
Antroposotsiogenez jarayonida inson ongi, aql-farosati shakl- 
lanishida, uning amaliy faoliyatini ma’lum bir maqsad tomon 
yo'naltirishda til eng muhim vosita vazifasini bajaradi. Xuddi 
shuning uchun ham tilning taraqqiyoti antropososiogenez jara­
yonining eng muhim omillaridan biridir.
Faylasuflar tomonidan til turlicha sharhlandi1. Chunonchi, 
keng ma’noda til — madaniyatdir. Shu madaniyat yordamida 
kishilar biri — ikkinchisi bilan aloqa qiladi, muloqotda bo‘lishadi,

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin