2. INSONDAGI TABIIYLIK VA IJTIMOIYLIK
Inson tabiiy va ijtimoiy mavjudot ekanligini hozirgi za-
mon fani ham tasdiqlam oqda1. Shuning uchun ham insond-
agi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi aloqadorlik mexaniz-
mini bilish falsafada eng muhim ahamiyatga molik muam-
m olardan biridir.
Insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik o'rtasidagi dialektik alo-
qadorlikni to‘la tasawur qilmoq uchun, eng awalo, yagona
biologik turga mansub bo‘lgan insonning boshqa biologik maxlu
qotlardan sifatiy farqini ifodalovchi eng umumiy va o‘ziga xos
xususiyatlari, xossalarini bilib olish zarur. Chunki insondagi
biologik o‘ziga xos xususiyatlar va xossalar uning ijtimoiy fazi-
latlari, individual xislatlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Chu-
nonchi, insonning yagona biologik tur sifatidagi eng muhim
xususiyati — yoshidir (umri). Hozirgi zamon fani ma’lumotlariga
qaraganda, inson bolasi turli-tuman kasalliklar va ijtimoiy bad-
baxtliklarga giriftor bo'lmasa, uning o‘rtacha yoshi, ya’ni umr
ko‘rishi 80—90 yil atrofida bo‘ladi. Afsuski, insonning biologik
o'ziga xosligi ijtimoiy muhit ta’sirida o‘zgarib turadi. Masalan,
o'tgan asrning to ‘qsoninchi yillarining boshida vujudga kelgan
iqtisodiy, siyosiy, ekologik inqirozlarning keskinlashishi oqiba-
tida insonning o‘rtacha umr ko'rishi Rossiyada 69,6 yoshdan 66
yoshga tushgan bo'lsa, O'zbekistonda 69,3 yoshga to‘g‘ri keldi.
Boshqacha aytganimizda, inson yoshi, umrining uzoq yoki
qisqaligi, ijtimoiy vaziyatlar tufayli barcha zamonlarda ham
o'zgarib turgan. Tarixning guvohlik berishicha, odam bolasi qadim
zamonlarda 20—22 yil umr ko'rgan, XVIII asrga kelib, inson
ning o'rtacha umr ko'rishi 30 yoshga yetdi. XX asr boshlarida
G'arbiy Yevropa mamlakatlarida odam o'rtacha 56 yil umr ko‘igan.
XX asr oxirlariga kelib rivojlangan mamlakatlarda u o‘rtacha
75—80-yil umr ko‘ra boshladi.
Insonning boshqa biologik m avjudotlardan tub farqini
ko'rsatuvchi eng muhim xususiyatlaridan yana biri — inson
Dostları ilə paylaş: