O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


insonlarning ongi va faoliyatidagi



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

insonlarning ongi va faoliyatidagi
turli ziddiyatlar, keskin tafo- 
vutlar mavjudligi faqat uning irqi bilan bog‘liq emas. Nemis
385


biolog olimi E.Gekkel (Ch.D arvin ta ’limotining m ashhur 
targ£ibotchisi) 1904-yilda ta’kidlaganidek, turli irqqa mansub 
odamlar aqliy qobiliyatlari, madaniy saviyalarida katta farq 
bo‘lishiga qaramasdan bunday tafovutdan ulaming hayotdagi qadr- 
qimmatlarini mutlaqo boshqacha baholash lozim, degan m a’no 
kelib chiqmasligi zarur. Insonni hayvondan yuksaklikka ko'targan 
narsa — bu madaniyatdir. Odamlami madaniyatga chorlovchi 
qudrat esa aql-idrokdir.
Shuningdek, erkaklar bilan xotin-qizlar o‘rtasidagi biologik 
farqning ijtimoiy munosabatlarga ta ’siri ham turlicha izohlandi. 
C hunonchi, erkaklar jam iyat hayotida aksariyat hollarda 
ulug‘landi, xotin-qizlarni kamsitish holatlari avj olib, ikki jinsni 
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish vujudga keldi. Ikki jins orasi­
dagi farq ijtimoiy munosabatlarda ham o‘z ifodasini topa bosh- 
ladi. Natijada, erkaklar «oliy», «yuqori» tabaqa, xotin-qizlar 
esa «quyi» tabaqa vakili, deb qarash asrlar osha davom etaver- 
di. Turgan gapki, bunday tengsizlik xotin-qizlarning erkaklar 
bilan tenglikka erishish uchun kurashining avj olishiga sabab 
bo‘ldi. Xotin-qizlarning erkaklar bilan tenglik uchun kurashi 
100—150 yil oldin boshlandi, xolos. Ilm-fan rivojlanib borayot- 
gan hozirgi sharoitda xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi ishti- 
roki yildan-yilga oshib borayotgan bo'lsada, hali bu borada 
yechimini kutib yotgan dolzarb muammolar ko‘p. Jahon ja- 
moatchiligi ongiga jinslar orasidagi farq «yuqori» yoki «quyi» 
jinsni birini-ikkinchisiga qarama-qarshi qo'yish bilan emas, balki 
ular orasidagi aloqadorlik, bir-biriga ko‘maklashish, hamkorlik 
qilish — inson tabiatidagi turli-tumanlilikning manbai ekanligi 
singdirib borildi.
Insondagi tabiiylik va ijtimoiylikning o‘zaro aloqadorligi ular 
orasidagi munosabatlami aniqlashda ham turli yondashuvlar, turli 
qarashlar mavjud. Birinchi qutbdagi olimlar inson mohiyatini 
haddan tashqari biologiyalashtirsalar, ikkinchi qutbga mansub 
qarash tarafdorlari uni sotsiologiyalashtiradilar. Biologiyalashti- 
ruvchilar yoki naturalistlar, insonning inson bo‘lib kamol topi- 
shida uning ongi va faoliyati manbaini biologik omillardan 
qidiradilar, inson kamolotida biologik omillaming rolini bo'rttirib 
ko‘rsatadilar. Sotsiologiyalashtiruvchilar esa inson tabiatini,
386


uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlardan, ijtimoiy muhitdan 
izlaydilar, insonning inson bo‘lib shakllanishida ijtimoiy muhit 
hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tushunadilar.
Insonning mohiyatini biologiyalashtiruvchi konsepsiyaga irq- 
chilikni ulug‘lovchi rasizm, sotsial-darvinizm oqimlarini misol 
qilib ko'rsatish mumkin1. Rasizmning reaksion mohiyati haqida 
biz yuqorida to'xtalib o‘tdik. Shuningdek, ushbu konsepsiyani 
sotsial-darvinizm oqimi tarafdorlari ham shod-u xursandlik bi­
lan qo‘llab-quwatlaganlar. M a’lumki, angliyalik mashhur iqti- 
sodchi, o‘ta dindor T.Maltus (1766—1834-y.) ijtimoiy hayot 
yakka kishining yashashi uchun kurash maydoni vazifasini ba­
jaradi, bunday murakkab kurashga moslasha bilgan kishigina 
ba’zi yutuqlarni qo'lga kirita oladi, degan flkrni olg'a surgan 
edi. Maltusdagi yashash uchun kurash g'oyasini Ch.Darvin 
(1809— 1882-y.) o‘zining tabiiy tanlanish va evolyutsion taraq- 
qiyot haqidagi ta ’limoti uchun asos qilib oldi. Ch.Darvin 
ta ’limotidagi yashash uchun kurash g'oyasi sotsial darvinizm 
tarafdorlari tomonidan jamiyatga tadbiq etildi. Jamiyatda turli 
sinflar orasidagi kurashda oliy sinf vakillari hayotda yuqori 
pozitsiyani egallab turishlari lozim. Chunki yuqori sinf vakil­
lari aqliy qobiliyatlari boshqalarnikidan ustun, degan xulosa- 
lar chiqardilar. Boshqacha aytganimizda, Charlz Darvinning 
biologik ta’limoti sotsial darvinizm tarafdorlari tomonidan tabiiy 
fanlarning keyingi yutuqlari asosida boyitildi, yashash uchun 
kurash g‘oyasi faqat tabiatga taalluqli emas, balki jamiyat hayoti 
uchun ham bu qonunga bo'ysunish lozim, degan g'ayriilmiy 
fikr-mulohazalarini olg‘a sura boshladilar.
Amerikalik zoolog olim E.O.Uilson inson bosib o'tgan tari- 
xiy taraqqiyot yo'lini boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko‘zi 
bilan o‘rganilsa, inson mohiyatini to ‘la bilsa bo‘ladi, buning 
uchun, boshqa sayyoralardan turib yerdagi hayvonlar katalogini 
tuzish darkor, deb tushuntiradi. Ana shunday nuqtayi nazar 
bilan, ya’ni boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko‘zi bilan bi- 
ologiyaga nazar solsak, barcha gumanitar va ijtimoiy fanlar

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin