ning natijasi ekanligini isbotlab berdi. Z.Freyd qadim zamon-
lardan buyon insoniyat yaratgan madaniyat insonning ana shun
day his-tuyg‘ularini ta’qiqlagan, oqibatda bu holat inson ruhi-
yatining eng chuqur va qorong‘u joyida saqlanib qolavergan1,
deb ta’kidlaydi.
Freydning ruhiy tahlil ta’limotida «psixologik energiya» tushun-
chasi alohida ahamiyatga ega. Ya’ni inson shu energiya asosida
o‘z hayotini davom ettiradi, faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu energiya
uni yashashga, faoliyat ko‘rsatishga undaydi, deb tushuntiradi.
Freydning e’tirof etishicha, inson ongi va faoliyati, onglilik
bilan ongsizlik orasidagi dialektik aloqadorlikka bog‘liq. Ongli-
likni oshirmoq uchun ongsizlikning ham faolligini oshirmoq
zarur. Ongsizlik — takomillashib, o‘zgarib turadigan ruhiy jara-
yondir. Ongsizlik o‘zgarmas, tug‘ma instinktgina emas, balki u
ong singari uzluksiz o‘zgarib turadi, deb ko‘rsatadi. Shuning
uchun bilish jarayoni insonning faqat ongli holatini o‘z ichiga
olmay, balki ongsiz, noratsional faoliyatini ham o‘z ichiga mu-
jassamlashtirishini isbotlab berdi.
Freyd qarashlarini uning tarafdorlari E.Fromm, V.Rayx,
G.Markuze va boshqalar davom ettirdilar. Ayniqsa, E. Fromm
uning ruhiy tahlil haqidagi ta’limotini ijtimoiy hayotga tadbiq
etdi2. Lekin Fromm «ijtimoiy muhitni» tahlil etganda, odamlar-
ning manfaatlari turlicha ekanligi, inson ijtimoiy mohiyatini
mavhum ruhiy tahlil yordamida tushuntirib bo‘lmasligini fahmlay
olrnadi. U o‘zining asarlarida hozirgi kapitalistik ijtimoiy muhitni
ruhiy kasalga mubtalo bo‘lgan «hasta jamiyat», deb ta’rifladi3.
Odamning inson sifatida shakllanishida tabiiy (biologik) va ijti
moiy (sotsiologik) omillar dialektikasini ochib berishda ijtimoiylik
rolini bo£rttirib ko‘rsatgan falsafiy ta’limotlardan biri marksizm edi.
Marksizm asoschilaririing tushuntirishicha, inson tabiatini belgilashda
hal qiluvchi rolni ijtimoiy muhit o‘ynaydi. Bunday biryoqlama
yondashuv inson muammosini o‘rganuvchi tabiiy fanlarga ham o‘z
ta’sirini o‘tkazdi. Oqibatda, inson biologiyasi haqida bayon etilgan
Dostları ilə paylaş: