3. INSON HAYOTINING MAZMUNI VA MA’NOSI
Inson deb nomlanuvchi biosotsial
uyushma tirik mavjudot
sifatida o‘z hayoti cheklanganligini tushunib olishi bilan olam-
dagi boshqa tirik mavjudotlardan tubdan farq qiladi. Boshqacha
aytganimizda, olamdagi tirik mavjudotlar ichida inson o‘z um-
rining chegarasi, muddati borligini tushunib yetadi.
Inson bugunmi, ertami o'zining o'lishini, boshqacha aytga
nimizda, o‘lim muqarrariigini tushunib yetgani uchun ham
uning oldini olish, o‘z hayotini mazmunliroq qilishga intiladi.
Hamisha yangi-yangi orzu-istaklar ummonida yashaydi va o‘z
navbatida, o‘zining barcha orzu-umidlarining to‘la ushalmasligini
tushunib yetadi. Insonning
xuddi shu orzu-umidlari, intilishlari
— yaxshilik, to ‘g‘rilik, adolatlilik, insof kabi tushunchalarda o‘z
ifodasini topadi. Kimki maqsadsiz, orzusiz, umidsiz yashasa,
unda axloq ham, odob ham bo‘lmaydi.
Axloqsiz, odobsiz,
umidsiz insonning esa hamisha tuhmat-bo'htonga mayli ko‘p,
adolatsizlik, hatto yovuzlikka intilishi katta bo‘ladi.
Xo‘sh, olamdagi tirik majudotlar ichida o‘z umrining qisqa-
ligini tushunib yetgan
o ‘sha
odam
bolasida
nega yaxshilik
bilan
yomonlik, to‘g‘rilik bilan yolg'onchilik, adolatpeshalik bilan adolat
sizlik mavjud bo‘ladi? Inson o'zining ma’naviy qiyofasidagi ush
bu ziddiyatlarni bartaraf etish uchun asrlar osha kurashdi. Bun
day muammolar yechimini ba’zan dindan, ba’zan fandan qidir-
di. Boshqacha aytganimizda, inson hayotga va o‘limga hamisha
o‘zining munosabatini bildirdi. Xuddi
shuning uchun ham ushbu
muammolar insoniyat madaniyatining markazida bo‘ldi.
Jahon madaniyati tarixi guvohlik berishicha, inson o‘z um-
rini uzaytirish, hayotini yanada sermazmun qilish, uni har
tomonlama boyitish, ko'proq yashash uchun uzluksiz intilib
keldi. Ji
smonan
abadiy yashash uchun imkoniyat bo‘lmasa,
ruhan
yashash, axloqiy jihatdan o'limni yengish yo‘llarini, uslublarini
qidirdi. Aniqroq qilib gapiradigan bo'lsak, inson hamisha ha-
yotdan qoniqmaslik tuyg'usi bilan yashadi. Bu holat hozir ham
davom etayotir.
Insonning hayotdan qoniqmaslik, barcha orzu-umidlari to‘la
391
ushalmasligi bir tomondan, uning yashashi,
ijodiy faoliyat
ko'rsatish uchun qudratli qo‘zg‘atgich vazifasini bajarsa, ik
kinchi tomondan, xuddi shu qudrat insonning turli qobiliyat-
larini, malakalarini, iste’dodlarini har tomonlama rivojlantirish-
ga yordam beradi. Har bir kishi hayotining mazmunini shu
holat tashkil etadi.
Inson o‘zining barcha orzu-umidlarini jamiyat orqali ro'yobga
chiqarmoqchi bo'ladi. Lekin jamiyat zamonlar o'zgarishi bilan
o'zgarib turadi. Tarixiy sharoit o'zgarib turishidan qat’i nazar
insonning hayoti, turmush tarzi jamiyat bilan uzviy bog'liq
bo‘ladi.
Ushbu aloqadorlik mexanizmida shaxsiylik bilan ijtimoiylik,
ya’ni yakka shaxs manfaati bilan jamiyat manfaatining uyg‘unligi,
bir-biriga mos bo'lishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Inson man
faati jamiyat manfaatiga mos tushmasa, ulaming orasidagi zid-
diyat keskinlashib boraverdi. Bunday ziddiyatlaming keskinlashib
borishi insonning jamiyatdan begonalashib borishiga sabab bo'ladi.
Shuning uchun ham inson jamiyatda ijtimoiy adolat normala-
rining
qaror topishi, demokratik prinsiplarning hukmronlik qi-
lishi, shaxs bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish
zarurligini asrlar osha orzu qildi.
Inson hayotining mazmuni faqat bir o‘zining orzu-umid-
lari, istaklarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojlarini qondirish, faqat
o‘zi uchun, o‘zining manfaati
uchun yashashdan iborat, degan
ma’noni bildirmaydi. Chinakam inson darajasiga ko'tarilgan bio-
sotsial mavjudot hamisha el-u yurt, millat manfaati haqida ham
bosh qotiradi. El-yurt, millat manfaati haqida o'ylamaydigan,
erta-yu kech o‘z manfaati haqida o'ylaydigan kimsalarni mash
h u r rus yozuvchisi Lev Tolstoy «hayvonlashgan shaxs»
(животная личность) deb atagan edi1.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan hozirgi sharoitda
faqat o‘z manfaatini o ‘ylaydigan, insof, diyonat, aql-farosat
nidosiga quloq solmaydigan «hayvonlashgan shaxslar» soni
ko‘payib ketdi. Bunday kimsalar o‘z manfaatlari yo‘lida har
Dostları ilə paylaş: