4. INSON VA INSONIYAT Inson hayotining mazmuni va ma’nosi haqidagi fikr-mulo-
hazalarimiz, inson zoti yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishi mum-
kinmi? Uni saqlab qolish uchun nima qilmoq darkor? Insoni-
yatning yer kurrasida bundan keyin yashashi uchun kafolat
bormi? degan muammolarga borib taqaladi.
Hozirgi zamonning eng muhim xususiyatlaridan biri — in
son turmush tarzining barcha sohalariga ilmiy-texnika yutuqla-
rining tezkorlik bilan kirib, turmushning barcha jabhalari bay-
nalminallashuviga kishilar faoliyatida umuminsoniy qadriyatlar
ahamiyatini kuchaytirayotgan bo'lsada, o‘z navbatida, odam
uchun dahshatli xavf-xatami ham vujudga keltirmoqda.
Har bir kishining taqdiri, baxt-saodati, insoniyatning taqdiri,
eng awalo, yer yuzida tinchlikni saqlash, yadroviy urushning
oldini olish, qurollanish poygasiga chek qo'yish, xalqaro xavf-
sizlikni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq. Shuning uchun jahonda
tinchlikni saqlash hozirgi zamonning eng muhim, dolzarb
muammolaridan biridir.
XX asrning saksoninchi yillarida qurollanish poygasining avj
olib ketishi natijasida sayyoramizda yashovchi kishi boshiga 3,5
tonnaga yaqin portlovchi modda to ‘g‘ri keldi. Yadro qurollari va
ularni tashuvchi turli moslamalar soni o'zining eng baland
cho'qqisiga ko‘tarildi. AQSH va sobiq Ittifoq hududidagi yadro
qurollarining talofat kuchi 60 ming megatonnani tashkil etdi.
Dunyoda insoniyat boshiga eng katta ofat olib kelgan, yer yuzida
100 milliondan ortiq inson umriga zomin bo'lgan ikkinchi ja-
hon urushi yillarida barcha portlovchi qurollarning umumiy
quw ati 6 megatonnani tashkil etganligini e’tiborga olsak, hozir
gi sharoitda to'plangan yadro qurollarining dahshati naqadar
xavfli ekanligini tasaw ur etish mumkin1.
Boz ustiga, o‘tgan asrning ikkinchi yarmida sovuq urush
munosabatlarining keskinlashib borishi tufayli qurollanish uchun
ajratilayotgan mablag1 laming hajmi ham uzluksiz o‘sib bordi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin o'tgan yarim asr mobaynida