qurollanish uchun 16—18 trillion dollar mablag‘ sarflandi. Yer
yuzida qurollanish uchun har daqiqada 1,5 milliard dollar, har
yili harbiy maqsadlar uchun bir trillion dollar mablag‘ sarf
landi. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratilgan mablag‘ 3,4—3,5 mil
liard dollami tashkil etmoqda. Butun iqtisodiyot harbiylashtirildi.
Natijada, o ‘tgan asrning 80-yillarining boshida jahonning
ko‘pchilik mamlakatlarida yadroviy qurollar sinovini to ‘xtatishga
qaratilgan ommaviy harakatlar kuchayib ketdi.
Insoniyatning taqdiriga xavf solib
turgan eng muhim umum-
bashariy muammolardan biri yer yuzida vujudga kelgan «de-
mografik muammo»dir. Yuqorida eslatib o ‘tganimizdek, fan va
texnika taraqqiyoti,
chunonchi, meditsina yutuqlari ta’sirida in
son tug‘ilishining cheklanayotganligi oqibatida Yevropaning ba’zi
mamlakatlarida aholi soni keskin kamayib ketdi. Osiyo, Afrika,
Janubiy Amerikadagi mamlakatlarda esa aholi sonining yildan-
yilga ko'payib borayotganligi odamlaming yildan-yilga qashsho-
qlashib ketishiga sabab bo'lmoqda. Akademik A.D.Saxarov ayt-
ganidek, yer yuzidagi xalqlarning qashshoqligini
tugatish uchun
qariyb 15 yil davomida rivojlangan mamlakatlar milliy daroma-
didan 20 foizini ajratib turishi zarur1.
Odamlaming to‘yib ovqat yemasligi,
normal uy-joy sharoiti
yo‘qligi, tabobat xizmatining pastligi tufayli turli kasalliklar
soni ortib bormoqda. Natijada, bunday
mamlakatlarda yashayo-
tgan kishilaming umri, rivojlangan mamlakatlarda yashovchi aholi
umridan 20 yil kam bo‘lmoqda.
Jahonda demografik ziddiyat
keskinlashib borayotgan bir sharoitda, ba’zi olimlar tomonidan
irqchilik, m illatchilik,
shovinizm, ulug‘ davlatchilik kabi
g'ayriinsoniy g'oyalar zo‘r berib targ‘ibot va tashviqot qilinmoqda.
Odamlaming vijdon erkinligi oyoq-osti bo‘lmoqda. Inson huquq-
lari poymol qilinayotgan mamlakatlarda
fuqarolarning inson
huquqlari va erkinligi, demokratiya va oshkoralik uchun kurashi
avj olib bormoqda.
Insoniyat taqdiriga dahshatli xavf-xatar tug‘dirayotgan muam
molardan yana biri ekologik inqirozdir.
Fan-texnika yutuqlarini
xalq xo'jaligining turli sohalarida me’yoridan ortiq qo‘llanishi
Dostları ilə paylaş: