jarayonlaming tolmas tadqiqotchilaridan biri U.D.Ursul bu alo-
qadorlikni jamiyatning intensiv-koevolyutsion holati, deb ba-
holadi1.
Jamiyat bilan tabiat orasidagi ziddiyatning mahsuli bo'lgan
ekologik inqirozni bartaraf etish kishilaming ekologik madani-
yati bilan ham bevosita bog'liqdir. Ekologik madaniyat deganda
jamiyatdagi u yoki bu madaniy yodgorliklarni saqlab qolishni
tushunmaslik darkor. Ekologik madaniyat juda keng qamrovli
tushuncha bo‘lib, bu inson tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat»
ekologiyasidir. Farqli tomoni shundaki, ekologik madaniyat «birin-
chi tabiat» yaratgan noz-u ne’matlarning barchasini saqlab
qolish bilan chegaralanib qolmaydi, balki ularni umuminsoniy
ehtiyoj, umuminsoniy qadriyatlar uchun qay biri zarur bo‘lsa,
o'shani saqlab qolish demakdir. Shuning uchun ham ekologik
madaniyat milliy-madaniy merosni saqlab qolish funksiyasini
bajarish bilan birga umuminsoniy ekomadaniy vazifani ham
bajaradi.
Ekologiyasi musaffo jam iyatni vujudga keltirish tabiiy
muhitning musaffoligi bilan uzviy bog‘liq. Tabiiy muhit musaf-
foligini ta’minlamasdan turib, ekologiyasi musaffo jamiyatni barpo
etish haqidagi gaplar quruq orzu bo'lib qolaveradi. Ekologik
vaziyatning keskinlashib borishi bilan, tabiiy muhit musaffoli-
gini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun
kurashning avj olib borayotganligi fikrimizning isbotidir.
Ekologiyasi musaffo jamiyat sharoitida har bir shaxsda yuk-
sak ekologik madaniyat shakllanadi. Odamlar o‘zlarining yuksak
axloqiy fazilatlari bilan atrof-m uhitni ifloslanishiga yo‘l
qo‘ymaydilar. Atrof-muhit sofligi, musaffoligini saqlab turishga
chorlovchi, tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanishga un-
dovchi an’analar, bayramlar, marosimlar avj olib ketadi. Jami
yat a’zolarining bunday xayrli faoliyati asosida, nafaqat milliy,
balki umuminsoniy qadriyatlar yotadi.
Energiya — insoniyatning yer yuzida mavjudligini saqlab tu
ruvchi eng muhim manbadir. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek,
fan-texnika yutuqlarini xalq xo‘jaligiga tadbiq etishning uzluksiz
Dostları ilə paylaş: