1 «Gerontologiya» — inson organizmining tuzilishi va umrini uzaytirish ma-
salalari bilan shug'ullanuvchi fan.
393
o'lishi yoki o‘lmasligi uning ma’naviy qiyofasidagi insonparvar-
likning real holati darajasi bilan bog'liq.
«Inson o‘limi» muammosi hozirgi zamon faylasuflari orasida
turli tortishuvlarga, munozaralarga sabab bo‘layotgan muammo-
lardan biridir. Ayniqsa, «inson o‘lish huquqiga egami?» degan
muammo ilmiy jamoatchilik orasida turli bahslashuvlarga sabab
bo‘layotir. Insonning o‘z ixtiyori bilan hayotdan ketishi («o‘zini
o‘zi o‘ldirishi») masalasida ham turlicha fikr-mulohazalar mavjud.
Chunonchi, diniy dunyoqarash insonning o‘z ixtiyori asosida
hayot bilan xayrlashuvini qattiq qoralaydi. Islom dini qoidalariga
muvofiq, o'zini o‘zi o‘ldirgan kishiga, hatto janoza o'qilmaydi.
Xristian dini talablariga ko‘ra bunday kishilaming jasadini mo-
zorga ko‘mish ta’qiqlanadi.
Fan-texnika jadallik bilan rivojlanayotgan hozirgi sharoitda
inson hayotini meditsina tomonidan qattiq nazorat ostiga olini-
shi ushbu muammoning dolzarbligini yanada oshirib yubordi.
Chunki hozirda evtanaziya (grekcha-og‘riqsiz, degan m a’noni
bildiradi), ya’ni og‘riqsiz o‘lim masalasida turli bahslashuvlar,
munozaralar ko'payib bormoqda. Evtanaziya tarafdorlari antipa-
temalistlar, deb yuritiladi. Antipaternalistlarning flkr-mulohaza-
lariga muvofiq, inson o'lish huquqiga ega bo‘lmog‘i, uning bunday
huquqi maxsus qonun yordamida rasmiylashtirilishi darkor. Ush
bu qonunga muvofiq o‘limni o‘ziga ravo ko‘rgan kishining hayot
bilan xayrlashuvi boshqalarga zarar keltirmasligi lozim. Inson
ning o‘z ixtiyori bilan o'lishi boshqalarga zarar keltirsa, bunday
holat axloq normalariga zid bo‘ladi.
Paternalizm tarafdorlari esa insonning o‘zini o‘zi o‘ldirishi
umuminsoniy axloq normalariga zid deb tushuntiradilar. Inson
ning yashashi muqaddasdir, deb hisoblaydilar.
Yuqoridagi munozaralardan, insonda o‘lish madaniyatining
bo'lishi ham tarixiy zaruriyat ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
0 ‘lish madaniyatining asosida optimizm yoki pessimizm yotishi
mumkin. Boshqacha aytadigan bo'lsak, inson hayoti uning aql-
zakovati, m a’naviy qiyofasidagi insonparvarlik, realizm bilan
bevosita bog‘liq bo'lganligi uchun ham yer yuzida hayotni saqlab
qolish — insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan
biridir. Aql-zakovatga tayanmasdan turib, nodonlik, johillik, yo-
vuzlikni tugatish mumkin emas.
394
|