Insonni hayvondan farq qiladigan eng muhim xususiyatlari-
dan yana biri, u o'zining yashashi, turmushi uchun zarur
bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish mala-
kasiga ega ekanligidir. Tarixning guvohlik berishicha, hozirgacha
bironta hayvon ishlab chiqarish quroli yaratgani yo‘q. Juvoz
o'qini tinimsiz aylantirishga odatlangan mehnatkash ot o'zining
vafodor egasiga juvoz uchun o‘q yasaganini, yoki omochni
mahorat bilan tortib kun bo‘yi yer haydab, dehqon yumushini
oson qilgan zahmatkash h o ‘kiz o‘z xo‘jayiniga oddiy gavron
yasab berganini hech kim eshitgan ham, ko‘rgan ham emas.
Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish faqat insonga xos xususi-
yat bo'lib, undagi barcha qobiliyat va malakalarni namoyon
qiluvchi ijodiyotdir. Ayniqsa, moddiy ishlab chiqarish jarayonida
insonda mavjud bo‘lgan barcha jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar
yorqin namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon falsafasi shu holatni
insonning kundalik «amaliy faoliyat»i tushunchasida mujassam-
lashtirdi.
Dostları ilə paylaş: