O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

4. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari
va ularni tarbiyalash
Bolani tarbiyalash va rivojiantirishda faoliyatning etakchilik roli to’g’risidagi 
qoidadan kelib chiqib, uning o’quv-tarbiya muassasalaridagi va oiladagi hayotini u 
faoliyatning xil-xil turlariga boy bo’ladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ulqfga 
mazmunni 
boyitishga, 
yangi 
ko’nikmalarni 
o’zlashtirishga, 
mustaqillikni 
rivojiantirishga qaratilgan rahbarlik ta'minlanishi kerak.
Tarbiya va ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish 
Jarayoni, ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish 
olib borganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va 
moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning 
vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o’zgaradi. Bolaning maktabgacha 
yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan 
tarbiya-ta'lim ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
Tarbiya vazifalari mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish hozirgi 
fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo’lishga tayanadi. Bir tomondan, 
vaqtni orqaga qaytarib bo’lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi 
tomondan, tarbiya va ta'lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojianishning olg'a 
harakat qilishi yoshga qarab tabaqalashtirishning asosi hisoblanadi. YOsh davrlari -
odam rivojianishining majburiy bosqichlaridir.
Наг bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining etilish 
darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining 
hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi.
YOsh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari 
jarayon ham ro’y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, akliy, 
hissiy, irodaviy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir; ular orasidagi o’zaro aloqa
32


о zgaradi, bu csa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvorni lartibga solishga 
ta sir koTsatadi. YOsh bilan birga faoliyatning etakchi turi ham o'zgaradi. Biroq 
shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashagan yillar natijasi emas bar qanday 
yoshda, ayniqsa bolalikda tarbiya va ta'lim sistemasi, sbaxsning t'aoliyati va Taolligi 
hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. YOsh bilan bog’liq rivojlanish muddatlarida o'ziga xos 
siljishlar ham bo’lishi mumkin.
Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko'ngli nozik boMadi. SHu bilan birga bu 
o'sish va rivojlanish sur'atlari juda yuqori bo'lgan yoshdir. SHu sababli to'laqonli 
rivojianishni ta'minlash uchun bolalarning sog’ligMni muhofaza qilish va 
mustahkamlash, ularning hay.otini to'g’ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy 
ijobiy holatiga ko'maklashuvchi shart-sh^roitlarini yaratish lo'g'risida g’amxurlik 
qilish zarur.
Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib o'zini kutarish. 
yurish kabi xilma-xil harakatlarni egallaydilar. Harakat ayrim turlarining o’z vaqtida 
paydo bo’lishi va ketma-ketligi bolalarning o'ziga xos xususiyatlariga va tarbiya 
sistemasiga bog'liq bo'ladi. Zotan. bolalarni yaxshi ovqatlantirish, parvarish qilish. 
ular bilan tez-tez muloqotda bo'lib turish tufayli ular bu sharoitlar yo’q bo'lgan 
paytdagidan ancha erta mustaqil 
yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor 
rivojlanish, aqliy rivojlanish asoslari, his-tuyg’ularni, idrok etishni, tasavvurlarni 
takomillashtirish katta ahamiyatga ega.
Vutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning muhim yosh xususiyati 
hisqblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini 
egallagan bo’ladilar va kattalar hamda tengdoshlari bilan nutqdan muomala vositasi 
sifatida foydalanadilar.
Ilk yoshdagi bolalar bilan ish yuritishning asosiy yunalishlari, o’yin faoliyati. 
tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi. Bolalar o’ziga- 
o ’zi xizmat ko’rsatishning eng sodda ko’nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o’ziga 
xos mustaqilligini belgilab beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari 
bilan o ’zaro munosabatlar rivojlanadi; ular birgalikdagi o'yinlarda bir-birlari bilan 
muomalada bo’lishni va o’zlarini o’yin qoidalariga muvofiq tutishni o’rganadilar.
YOsh xususiyatlari faqat aqliy sohagagina emas, shu bilan birga hissiy, irodaviy. 
sabab sohalariga ham taallukli bo’ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq- 
atvori asosan bevosita his-tuyg’ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq 
irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalarni 
tushunishni o’rgatib borish kerak.
Bolalarni har tomonlama rivojiantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va 
o’ziga xos xususiyatlarini bilish kerak, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish 
zarur.
Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy ta'lim-tarbiya 
tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 
yoshdan 5 yoshgacha bolaning o’sish sur'ati avvalgi yosh davriga nisbatan 
birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o ’sish va 
tana og’irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to’qimalari va 
orgai^lari anatomik o ’zgarishlari va fiinktsional rivojianishi ro’y beradi. Asta-sekin
33


skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati 
kuchayadi. SHu bilan birga asab hujayralari tcz charchaydi va madori quriydi. 6-7 
yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arkonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto 
chang’ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat lurlarini muvaffaqiyatli 
egallaydi.
Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy 
o'rinni tutadi. Bolaning imkoniyatlariga muvofiq oilada va bolalar bog'chasida ta'sir 
ko'rsatishning aniq vositalari va metodlarnni qoMlash sistemasi: hayot, ovqatlanish 
tartibi, gimnastika mashqiari va harakatli o’yinlar, chiniqish usullari belgilanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolada miya qobig’ining funktsional faolligi lakomillashib 
boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta'sirchanligi idrok etishning yorkinligi. 
o'tkirligini, bolalar ta'sirlanuvchanligini shart qilib qo'yadi, shuning uchun 
maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta’lim berishda ta'surotlar va 
bilimlarni (bu asosan atrofdagi xayot haqidagi eng oddiy bilimlar bo’ladi) tanlash 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha o’rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib borilganda 
ko'rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko’rgazmali-ta’sirchan va obrazli 
fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini 
egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga qodir 
bo’lib boradilar, o'zlarini o’rab turgan buyumlar va xodisalar to'g’risida mulohaza 
bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik. qiziquvehanlik bilan 
ajralib turadi.
Biroq bolaning tabiiy qiziquvchanligi qondirilmasa u passiv bo’lib qol^di. 
Masalan, o'rta yoshdagi bolalar faoliyatning xilma-xil turlarida namoyon bo’l^ilar, 
tasurot yangiligi va o ’tkirligi xosdir. Kattalar ta'sirida maktabgacha yoshdagi 
bolalarning faoliyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan bo’lib qoladi, bu esa ta'lim 
beradigan mashg’ulotlar paytida e'tiborlilikni tarbiyalash uchun g’oyat muhim.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin