O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

Bolalarni kiyimi. 
YOzgi kiyim rangi ochiq, asosan oq gazlamadan, qishki j^iyim 
— to’q rangli materialdan tikilishi lozim. Bolalarning kiyimn ularning yoshiga 
yarasha, engil, qulay, kismaydigan, estetik didiga javob beradigan paxta matosidan 
tikilishi kerak.
Bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1,— 1,5 sm bo’lishi kerak. Vaqti- 
vaqti bilan bolalarga qishda binoning ichida, yozda maydonchada yalang oyok, 
yurishga ruxsat berish kerak. Notekis joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini 
yo’qotadi, bola- organizmini chiniqtiradi.
Sayr. 
Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo’lishlari ularning sog’ligiga va 
jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Bolaning ochiq havoda 
bo’Nshi natijasida qon kislorodga to’yadi, temperaturaning o’zgarib turishi, havoning 
namligi, shamol ta siri lermorcgulyatsion apparatni mashq qildiradi, orgaiiiznuii 
chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, Jismoniy sifatlari takomillashadi.
O’tkaziladigan 
sayrning 
tashkiliy Jihatlari, 
mazmuni 
va 
metodikasini 
tarbiyachilar puxta o ’ylashlari lozim. Sayrga yig’ilish ko’p vaqtni olmasligi, buning 
uchun bolalarni bir tartibda kiyinish va echinishga o’rgatish kerak. Sayr rejasiga atrof 
hayotni kuzatish, sport mashg’ulotlari, mehnat faoliyati, o ’yinlar kiradi. Bolalarning 
turli faoliyatlarini tashkil etish uchun bolalar maydonchasi pedagogik talabga Javob 
beradigan qilib Jihozlangan bo’lishi kerak. Har bir guruh maydonchasida turli 
o’yinlar o’tkazish uchun qurilish materiallari, qum, suv, turli o’yinchoqlar, sirpanish 
uchun tepaliklar, muz maydonchasi, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, sakrash 
uchun moslamalar o’rnatilgan bo’lishi kerak.
42


Velosiped uchish uchun yo'l bo'lishi kerak. Bolalar 3— 4 scat ochiq havoda vaql 
o'tkazishlari lozim. Faqat qattik yomg’irda. kuchli shamolda. sovuq — 25° dan 
oshganda sayrga chiqish kerak emas.
Harakatli o’yinlarni o'tkazish muddati mashg ulotning mazrnuniga bog'liq. Hatto 
15— 20 daqiqalik sayrlar ham yaxshi hissiy, jismoniy madad beradi. Tarbiyachi 
bolalarning bir vaziyatda lurib qolmasliklariga e'tibor berib turishi lozim. Harakatli 
o'yinlarni tinchrok o'yinlar bilan almashtirib turish kerak. Kichik guruh bolalari bilan 
haflasiga bir marta, katta guruh bolalari bilan haftasiga 2 marta ekskursiya 
uyushtiriladi. Bunda bolalar kattalarning mehnatini. kishilarning hayotini kuzatadilar.
CHiniqtirish. 
CHiniqtirish deganda organizmning atrof-muhitdagi turli tabiiy 
ta'sirlar (harorat, namlik, quyosh nuri darajasining o'zgarishi)ga eng ko'p 
chidamliligi, moslashishini tarbiyalash tushuniladi.
Bolada faqat harorat, iqlim o ’zgarishlariga tez ta'sir bildirishgina larkib 
topmasdan shu bilan birga gemoglabin miqdori oshadi, ularning immun lizimi 
yaxshilanadi. Bolalar turli kasalliklarga kamroq chalinadilar va ularni organizmiari 
kasalliklarni tezda engadi. 
_______________________________
Kundalik hayotda chiniqtirish tadbirlarini jismoniy mashqlar, bolaning xilma-xil 
faoliyati bilan bog’liq holda olib borish chiniqtirish uchun ham organizmni 
mustahkamlash uchun ham yaxshi natija beradi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin