O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


Madaniy-gigienik ko’nikmalar va odatlarni tarbiyalash



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

Madaniy-gigienik ko’nikmalar va odatlarni tarbiyalash. 
Madaniy-gigienik 
ko’nikmalarga badanni ozoda tutishga, to’g’ri ovqatlanishga, atrof-muhitda tartib 
saqiashga rioya qilish va bolalarning bir-birlari bilan, kattalar bilan, o’zaro madaniy 
munosabatlariga doir ko’nikmalar kiradi.
Madaniy-gigienik ko’nikmalarni shakllantirishda quyidagi shartlarga e'tibor 
qaratish zarur;
1. 
Maktabgacha ta'Iim muassasasi va oilada harakatlar va topshiriqlarni bajarish 
uchun qulay vaziyatni (qulay mebel, jihozlar) yaratish.


2. O ’zlashtirilayotgan madaniy-gigienik ko'nikmalarni qat iy belgilangan 
tartibda bir vaqtda bajarishga o'rgatish.
3. Наг bir bola bilan yakka tartibda ish olib borish.
4. Bolalarni madaniy-gigienik ko'nikmalarni o’zlashtirishlarini nazorat qilib 
borish.
5. Bolalarni kattalarning barcha gigienik va madaniy talablarini so'zsiz 
bajarishga o'rgatish.
Jismoniy mashqlar va massajdan foydalanish. Jismoniy mashqiar - jismoniy 
tarbiya vazifalarini hal etishga qaratilgan maxsus harakatlar, shuningdek harakat 
faoliyatining murakkab turlaridir. Jismoniy mashqlar organizmga ko'p qirrali 
fiziologik ta'sir ko'rsatadi. U modda almashinuvini, qon aylanish Jarayonlarini 
faollashtiradi, suyaklarning o'sishiga yordam beradi.
MassaJ. Kichik bolalarni tarbiyalashda passiv gimnastika turlaridan biri - massaj 
(uqalash) qo'llaniladi. Uqalash ta'sirida qon tarkibi, asab tizimi vazifalari. 
shuningdek teri va muskullarning oziqianishi yaxshilanadi, issiqlik chiqishi 
ko'payadi, muskullarning charchashi yo’qoladi.
MTMlaming katta va tayyorlov guruhlarida, mashg'ulotlar 9 rtasida
olib boriladigan jismoniy mashqiardan namunalar.
1- mashq.
-O'rindan turib, qoMlar chap elkada bolta ushlagandek holatda turiladi, she'r:
Biz o ’rmonga boramiz,
Qo’limizda boltamiz.
Daraxtiarni kesamiz 
«
1-2-3-4, 1-2-3-4. 
,
-SHe'rni aytib, sanoqqa kelganda bolta chopgandek harakat qilinadi.
-1 - pastga, 2 - o’ng elkada, 3 - pastga, 4 - chap elkada. Sanoqni 2-3 marta 
qaytarilgandan keyin «Uf, charchadik» so’zi aytilganda qoMlar pastga tushirib 
silkitiladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin