Gigienik sharoitlar. Bizning Jamiyatda jismoniy tarbiya davlatning ona va bola
to’g'risidagi
g’amxo’rligiga,
mehnatkashlar
yashash
sharoitlarining
doimo
yaxshilanib borishi, moddiy farovonliginingo'sishiga asoslanadi.
Bolalarning Jismoniy to’g’ri rivojianishi uchun gigienik sharoit (bino,
maydoncha, jihozlar, kiyim — bosh, poyafzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy
asoslangan rejimini (bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojiantirish, va
organizmni chiniqtirish tadbirlarini o’z ichiga oladi) albatta bajarish zarur. SHuJ)ilan
birga, tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash
ishlarini olib borishi talab etiladi.
Bog’chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari bolalarning
erkin harakat qila olishi va sof havo bilan nafas olish imkonini beradigan darajada
katta, yorug', quruq va issiq, derazalari janubi - sharqqa qaragan bo’lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3 - 3,5 m bo’lib, har bir bolaga bino sathidan 2,5 kv.
m joy, taxminan 8 kub m havo to’g’ri kelishi; xona bezagi gigienaga xos, tez toza
bo'ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bo’lishi kerak. Guruhda tartib bo’lishiga rioya
qilish zarur. Xonada yorug’likni to’sadigan og’ir va qalin pardalar, gilamlar,
yumshoq mebellar, umuman ortiqcha nar.salar bo’lmasligi kerak. Hamma jihozlar
ta'lim - tarbiya talabiga, bolalarning bo'yi va gavda tuzilishiga mos bo’lishi va xaiq
ta'limi vazirligi tomonidan qo’yilgan maxsus normaga javob berishi lozim.
Bolalarning stol stullari ancha mustahkam va engil tuzilishi sodda hamda oson
yuviladigan bo’lishi kerak. Stollar yorug’lik chap tomondan tushadigan qilib
joylashtirilishi lozim. Uyinchok va ko’rgazmali qurollar ham gigienik talablarga
javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko’rinishi silliq bo’lishi kerak.
Tarbiyachi o’z guruhining gigienik sharoiti uchun javobgardir. Xonani bolalar
sayrga, musiqa mashg’ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, deraza
fortochkalari esa yil fasllaridari qat'i nazar doimo ochiq bo’lishi kerak.