2. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli
*
Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya
- aniq maqsadlarga ko’zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlami tarkib
toptirishi yo’lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya
ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillaming hamkorligi bilan
belgilanadi.
1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi, ya'ni
bilim, ma'Iumot egallanadi.
2. Tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxsni kamolga
etkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori
hayotga tayyorlanadi.
3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish mumkin.
4. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'Iim sharoitida insoniyatning
ijtimoiy-tarixii tajribasini o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat
turlarida ro’y beradi. Natijada bola o’zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari
sistemasiga kiradi.
Bolaning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab
jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va
umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo’lgan insoniy tajribani o ’zlashtirishi
28
кегак, ikkinchi lomondan, u тагкиг tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan
bo'ladi.
Tarbiya va ta'Iim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan
mazmunni
tanlaydi, uning o ’zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini
rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning
ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo ’shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat
bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi; uning
mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o’sayotgan odam shaxsiga
ta'sir ko’rsatish usullari tobora xilma-xil bo’lib boradi.
Tarbiyaning o’zgarishi. bolaning «eng yaqin rivojianish zonalari» (L. S.
Vigotskiy) bilan bog’lik bo’lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar,
ko’nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o’zlashtirishga ruhiy-fiziologik
imkoniyatlar paydo bo’lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish;
bijir-bijirdan keyin faol nutqni o’zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega
bo’lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o’zlashtirish; buyum asosidagi
o’yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'Iim «eng yaqin
rivojianish zonasi»ga asoslanib. bugungi rivojianish darajasidan oldinda boradi va
bolaning rivojlanishini olg’a harakatlantiradi.
Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi. Har bir navbatdagi
bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog’liq bo’ladi, aw al erishilgan bosqieh yanada
yuqoaroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo’shiladi. Ilk yosh bosqichida
shakllanadigan rivojianish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega
bo’ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan
oxirigacha tarbiyaning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko’zi ojiz va kar
bolalar uchun mo’ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi.
Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat
faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi.
■
Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi uning biror tomonining ruhiy
rivojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. SHuning uchun maktabgacha
tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg’un rivojlantirish, uning
rivojlanishini boyitish maqsadi o ’rtaga qo’yiladi (A. V. Zaporojets).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli pedagogning ham
etakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror
toptiradi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini
ta'kidlab shunday yozgan edi;
«Tarbiyaviy ta'siming g’oyat qudratli ta'sir ko’rsata olishiga ishonchim komil.
Agar odam yomon tarbiyalangan bo’Isa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga
aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan
karzdordir»'.
' А.С.М^юреню «Х>яожественная литература о воспитании детей» // Пед соч. М., 1986 Т 7,30 бет
70
|