O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

Didaktik o’yinlar. 
Didaktik o'yinlarning muhim dementi qoidalar hisoblanadi. 
Qoidalarni bajarish o’yin mazmunini amalga oshirishni la'minlaydi. Didaktik o’yin 
ta'Iim bilan bevosita bog'liq bo'lib. unga yordam beradi.
Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga 
mos keladigan ta'Iim berish metodidir.
Tajribali tarbiyachi bu o’yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, bar xil 
rejalar, vazifalarni qo’rqmasdan bajarishlari,uchun foydalanadi.
Didaktik o'yinni amalga oshirishda bar doim g'oyaviyiik printsipiga asoslanisb 
kerak. Didaktik o'yin tarbiyacbining vazifa bamda maqsadlariga muofiq kelisbi 
lozim.
Didaktik o ’yinlar bolalarning birgalikda o’ynab. o’z manfaatlarini jamoa 
manfaatlari bilan uyg'unlasbtira olisbi, bir-biriga ko’maqiasbisb va o'rtog’ining 
muvaffaqiyatidan xursand bo’lisbi kabi yaxsbi munosabatlarning tarkib topisbiga 
yordam beradi. O’yinlar sbaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi ijobiy xislatlari 
sbakllanisbiga imkon beradi.
Didaktik o’yin bolalarning amaliy faoliyati bisoblanadi, cbunki unda bolalar 
masb^’ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. SHu nuqtai nazardan qaraganda, 
olga^ bilimlaridan bar xil usulda tbydalanisbiari ucbun bayotiy sbaroit yaratib beradi.
Bunday o’yinlarga kichik bolalar ucbun «Rangiga qarab top», «SHakliga qarab 
top» kabi o’yinlarni misol tariqasida keltirisb mumkin.
Katta guruh bolalari ucbun «Isbchilar nimalar va qanday isbiarni bilisbadi?», 
«Dehqonlar nimalarni etisbtiradi?», «Kim ko’proq narsalarning nomini ayta oladi?» 
va bosbqa o ’yinlarni ko’rsatisb mumkin.
Didaktik 
o yinlar 
bolalarning • tevarak-atrof 
baqidagi 
bilimlarini 
mustabkamlasbga yordam beradi, o’z sbaxsiy tajribalari va masbg’ulotlarda olgan 
bilimlarni amalda qo’llay olisbga o’rganadi, ulardagi fikriasb qobilyatlarini, ijodiy 
kucblami, sensor jarayonni rivojiantiradi, olgan bilimlarni tartibga soladi.
Didaktik o ’yinlar ta'Iim jarayonini engilroq va qiziqarliroq qiladi. Bolalar 
yosbiariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o’yinda amalga osbiraladigan aqliy tarbiya 
vazifasini juda oson va yaxsbi o’zlasbtiradilar.
Didaktik o ’yin katlalai tomonidan bolalarni aqliy rivojlantirisb maqsadida 
yaratiladi. Unda o’yin elementlari qancba ko’p bo’Isa, bolalarga u sbuncba quvoncb 
bag’ishlaydi.
Didaktik o’yining mubim tomoni - uni o’tkazisbdan ko’zda tutiladigan g’oyadir. 
O ’yin g’oyasi bolalarda o’yinga qiziqisb uyg’otadi, ko’pincba bu g’oya didaktik 
o ’yinni bosbiasbga sababcbi bo’ladi. Masalan. «Xaltacbada nima bor?», yoki «Kim 
qanday qichqiradi» va sbunga uxsbasbiar.
Har bir didaktik o’yinda o ’yin mazmuni, g’oyasidan kelib cbiqqan qoidalar 
bo’ladi. Unda qoidaning mavjudligi harakat o’ynalishini yoki o’yining borisbini 
belgilab beradi, bolalarning xulqini, o’zaro bir-biriga bo’lgan munosabatini
131


boshqarib, kerak tomonga o’ynaltirib turadi. Qoida bolalar harakatini baholovchi 
o'lchovdir.
Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar o'yin harakatlarining to’g'ri 
noto’g'riligini aniqlovchi va ularga baho beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning 
biror bolaga nisbatan ''LI o'yin qoidasini bo’zib o'ynayapti” deyishlarining o’zi 
ularning 
o ’yin 
qoidalariga 
qandaydir 
o’zgartirib 
bo'lmaydigan 
qonundek 
munosabatda bo'lishlarini ko'rsatadi.
Bolalarning o'yin qoidalarini OTganib olishlari va ularga rioya qilishlari, ularda 
mustaqillikni, o ’yin jarayonida o’zini-o’zi, o’zaro bir-birini nazorat qila bilish 
qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi.
O’yinning natijasini ikki nuqtai-nazardan: bolalar va tarbiyachi nuqtai-nazaridan 
baholash lozim.
Agar o ’yin natijasini bolalar nuqtai-nazaridan baholaganda, unda bu o'yindan 
bolalar qanday ma'naviy va ahloqiy ozuqa olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik 
vazifalarni bajarish bolalardan ma lum darajada zo’r berishni, ya'ni ulaming aqliy 
faoliyatiga talabni kuchaytiradi.
Bolalar fahm farosatlari, topog’onliklari, diqqat va xotiralarini namoyish 
qiladilar. Bular hammasi bolalarning o’z kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini 
xursandchilik xissi bilan to’ldiradi, ular bunday ma’naviy qoniqish xosil qiladilar.
Didaktik o’yining natijasini muxokama qiladigan tarbiyachi quydagilarga e’tibor 
berishi lozim: qo’yilgan maqsadga erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi, shu 
ko’zlangan nuqtai nazardan ma’Ium natijalarga erishildimi yoki yo’qmi.
YUqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya’ni bir tomondan, 
bolalarda qiziqish uyg’ota olsa va ular faoliyatini amalga oshirishga intij^alar, 
ikkinchi tomondan, qo’yilgan hamma maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o’yin 
yaxshi natija beradi, deb hisoblash mumkin.
O’yin qatnashchilarini rag’batlantirish, maqtash, yaxshi qatnashganlari uchun 
etakchi rolni berish, ba'zan esa shu o’yinda foydalanilgan o ’yinchoqni o’ynashga 
berish yoki mevalarni eyishga berish mumkin, ammo bolalar bunday mukofatlarni 
olaman deb har qanday yo’l bilan bu ishga intilishlariga yo’l qo’ymaslik kerak.
O ’yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O ’yin harakatlari xilma-xil 
ishlarda: narsalarning joy ini almashtirish, yig’ishtirish, ularning rangiga, katta 
kichikligiga, shakliga qarab bir-biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hakozolarda 
nonrtoyon bo’ladi. Katta bolalarning o’yin-harakatlari esa murakkabroqdir: bu o’yin 
harakatlari bir guruh bolalar harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o’rtasida 
o ’zaro bog’lanish bo’lishini, harakatlarning izchillik va navbati bilan amalga 
oshirilishini talab etadi.
O ’yin natijasi didaktik o’yining muayyan natijasi bo’ladi, natija esa o’yinning 
fmali hisoblanadi. Masalan. Topishmoqlarni topish, berilgan o’yin topshiriqlarini 
bajarish, fahm-farosatni nomoyon qilish kabilar o’yin natijasi bo’lib bo’lib, ularni 
bolalar erishilgan muvaft’aqiyat deb tushunadilar.
O ’yin mazmuni, g’oyasi, harakatlari va qoidalari o’zaro bir-biri bilan bog’langan 
bo’lib, xatto ulardan birortasi bo’lmasa ham o’yinni o’tkazib bo’lmaydi.
Didaktik o ’yining o ’yin faoliyati sifatidagi o’ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, tarbiyachining bolalar bilan o’zaro munosabatlari o’yin tarzida bo’ladi.
132


Tarbiyachi о yin qatnashchisi yoki uning tashqilotchisi bo'ladi. Bolalar ko'pincha 
о yin mazmuni bilan belgilanadigan va o’yin harakatlari lalab eladigan biron-bir roini 
bajaradilar. Masalan, “Magazin" o'yinida bilish mazmuni shundan iboratki.haridor 
bolalar o’zlari sotib oladigan narsalarning belgiiarini aytishlari. sotuvchi bolalar esa 
talab qilingan narsaning nimaligini haridor aytgan belgilar bo'yicha bilib olishlari 
kerak. O'yin kuzaluvchanlikni mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat qiladi. 
O'yin harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko'rib chiqish, uni tasvirlash 
va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan iborat. O’yin qoidalari haridorning oladigan 
narsasini tanlab olish, sotuvchiga xushmuomila bo’lishi, oladigan buyumni tasvirlab 
berishi, uni har tomonlama ko’rib chiqish va v boshqa buyumlar bilan taqqoslashi. 
belgisini aytish va pul to’lashidan; sotuvchilarning vazifasi esa haridorair gapirganda 
ularni zo’r e'tibor bilan tinglash, so'zlarini bo’lmaslik, so’ragan buyumlarni olib, 
qog’ozga o'rab berishdan iborat bo’ladi.
Ko’pincha didaktik o ’yinlar bolalarning bilimiga biron-bir yangilik kiritmaydi, 
ammo ularni o 'z bilimlarini yangi sharoitda ishlata bilishga o’rgatadi yoki ular 
kichkintoylardan aqliy faoliyatning lurli-tuman shakllarini nomoyon qilishga talab 
etadi. Masalan, “Ajoyib xaltacha” o'yinida bolalar o’zlariga tanish bo’lgan 
o ’yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, buning uchun esa bola o’yinchoqni 
boshdan - oyoq yaxshilab ko’zdan kechirish va uning o'ziga xos begilarini eslab 
qolishi kerak bo’ladi.
Didaktik o’yinning mazmuni va turlari. Didaktik o’yinning mazmuni "MTMsi 
ta'Iim-tarbiya dasturi” da bayon qilingan va quydagilarni o’z ichiga oladi:
A) 
buyumlar. Ularning nomi, rangi; shakli, xajmi, sifati va ishlatilishi to’g’risida 
bilimlar berish;
B) mehnatning har xil turi va uning qishilar hayotidagi roli to’g’risidagi bilimlar:
V) tabiat voqealari, narsalar buyumlar, yil fasllari to’g’risidagi bilimlar;
G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, shakl vaqt va fazoviy 
tushunchalar berish. 
.
Didaktik o’yinlar ularning ta'Iim tarbiyaviy vazifasi, mazmuni, turli bolalar 
bog’chasining ta'Iim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. 
Dasturda har bir yosh guruhning o’ziga xos ruxiy fiziologik xususiyatlarini e'tiborga 
olgan xolda didaktik o ’yinning tutgan o’rni va vazifasi, mazmuni, o’tkazish usiublari 
belgilab berilgan. Masalan, 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan 
o’tkaziladigan didaktik o’yinlardan asosiy maqsad- bolalarni ranglarni bir biridan 
farqlash va nomiiii aytishga o’lgatish, har xil o’fchamlar (katta, kichik), shakllarni 
(sharcha, kubcha), bilishga, ko’rib va eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni 
o’stirishga yordam beradi. Masalan, “Juft kartochkalar’’, “Kattalar va kichkinalar’’, 
“Qo’g’irchoqni 
sayrga 
olib 
chiqish 
uchun 
kiyintiramiz’", 
“Qo’g’irchoqni 
cho’miltiramiz’’, “Bu nimaning ovozi?’’, “Xaltachada nima bor?’’ va shunga o’xshash 
o ’yinlar.
Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini farq qilishga 
o ’rgatish uchun musiqaviy didaktik o’yinlar ham o’tkaziladi.
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o’yinlar quydagi maqsadlarda ztkaziladL: 
bolalarda didaktik o’ynchoqiar bilan yakkama yakka o’ynash ko’nikmasini 
rivojiantirish, jamoa o’yinlari tashqil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab ajratib
Ф
133


olish, katta kichikligiga qarab f'arqiash; xalqachalari va kubchalarni muntazaam 
shaklda terib, ulardan minorachalar yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to’rt 
burchaqli, olti burchaqli kesma rasmlardan ’‘Idish tovoqiarimiz”, "O’yinchoqiar” 
kabilarning tasvirini yig’ish; narsalarni farqiash va nomini to’g’ri aytishga o ’rgatish 
va hokazo. Musiqaviy - didaktik o ’yinlarda esa musiqa ovozlarining ba'zi bir 
xususiyallarini farq qihshga o'rgatish, qadam va yugurish ritmi ("Kim kelayotir', 
"Sichqonlar yugurishayotir”) ovoz va cholg’u asboblari tembrlarini (‘‘Musiqaviy 
o yinchoqni o'ylab top”, “Ovozidan bilib ol” ajrata bilishga o'rgatish vazif'alari ham 
xal eliladi.
O 'rta guruhda didaktik o’yinlar orqali bolalar eshitish, ko'rish, sezish a'zolari 
yordami bilan turli narsalar va ularni yasash uchun ishlatiladigan materialning 
xossalarini bilib olish, narsalarni tashqi ko’rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, 
guruhlarga ajratishni o'rgatish vazif'alari amalga oshiriladi.
YAna didaktik o’yin davomida bolalar o'rtaga quyilgan masalani xal etishda 
sabr-matonatli bo'lishga, qiziquvchanlikka, diqqat-etiborlilikka odatlantirib boriladi. 
Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali tovushlami diqqat bilan tinglab, baland-pastligiga. 
ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir bipdan farq qila olishga o’rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quydagi vazifalarni hal etishni maqsad qilib 
qo’yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning 
belgilaridagi kichik farqiarni (rangi, shakli, katta-kichikligi, materallarni seza bilish, 
narsalarning joylanishidagi o’zgarishlarni) aytib bera olish kabi sessor qobilyatlarni 
tarbiyalash; biron xayvon, o’simlik, trasport tarif-tavsif qilib berilganda, ularning 
nomini topa bilish malakasini o’stirish, bolalarning umumiy tasawurini, buyumlerni 
umumiy belgilariga qarab guruhlarga boTish qobilyatini rivojiantirish, so’z fcioyigini 
faollashtirish va to’Idirish; qisimlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va 
boshqalar)yasash malakasini o’stirish.
Musiqaviy didaktik-o’yinlar orqali tovushlami bir biridan farq qilishni o ’rgatish, 
ritmik usulni ajrata olish, ashulalar va cholg’u asboblari ovozining tembrini farq 
qilish (‘‘Kim kuylayapti?” “SHiqildoqli childirma”), ovozning dinamikasini ajrata 
olish (‘‘tez, sekin kuylaymiz”) uchun foydalanish kabi vazifalar amalaga oshiriladi.
Maktabga tayorlov guruhda didaktik o’yinlar hamma yosh guruhlaridagi kabi 
aloxida o ’rin tutuadi va bu guruhda didaktik o’yinlar orqali quydagi ta'lim -
tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi; bolalarda didaktik o’yinlarga qiziqish 
uyg’otish, har bir narsani bilishga xavas^ kuzatuvchanlik, diqqat-etibor, ziyraqiik, 
aqliy vazifalarni mustaqil xal qilish malakasini tarbiyalash. Ularga narsalarni 
turqumlarga bo’lishda yordamlashuvchi o’yinlarni, domino, mozaikaning har xil 
turlarini, shashka, sakrovchi biryulkalami jumboq o’yinlar, og’zaki o’yinlar (“Dengiz 
to’lqillanmoqda'’, “Qora va oq”), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalami bir-biridan 
farqiashni o’rgatadigan o ’yinlar o’tkaziladi.
Musiqaviy-didaktik o’yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga diqqat bilan quloq 
solishga (‘‘Tovushlami takrorla”, “Ikki metalafonni galma-gal chalish” vah.k) ritmik 
shaklni gavdalantirib berishga (“O ’z ritmingni o’ylab ol”, "Bolalar va filchalar””), 
dinamik farqiarni bir-biridan ajratishga (“Ovchilar va quyonlar”) o’rgatiladi.
134



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin