O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

Sahnalashtirilgan o’yinlar.
Sahnalashtirilgan o’yinlar ijodiy o’yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o’yinning 
quyidagi asosiy; niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, hayol qilingan 
vaziyatning va boshqa elementlarning uyg’unligi, bolalarning mustaqillik va o’z- 
o ’zini^ uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o’yin badiiy asar asosida 
qo’riladi; o’yin syujeti, rolar, qahramonlarning xatti-harakatlari, ularning nutqi asar 
matniga ko’ra belgilanadi.
Sahnalashtirilgan o’yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan 
tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o’yinlar 
bolalarda iroda, intizom, o ’z harakatlarini boshqalaming harakatiga muvofiq amalga 
oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish 
bolalarni qayta so’zlashga o’rgatish usullaridan biridir. Ba'zi bir bolalarda badiiy 
asaradan olingan parchani qayta so’zlab berishga hohish ham qiziqish ham 
bo’lmaydi, ammo unga o’yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o’sha asar 
mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.
Bunday o’yinda bola o’zini o’sha asardagi qaxramon o’rnida his etib, uning 
sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar 
tilida so’zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar 
qahrarnonida mavjud bo’lgan ijobiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan 
o ’yinda badiiy asaming g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab 
olinadi.
. Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga 
mos, tushunarli bo’lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va 
harakatlar to’g’ri aks ettiriladi. SHuning uchun u yoki bu badiiy asar bo’yicha 
sahnalashtirilgan o’yin o ’tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks 
ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o ’tkazishi kerak.
Bu ish oldindan bir qator mashg’ulot va o’yinlar o ’tkazish orqali amalga 
oshiriladi. Sahnalashtirilgan o’yinga tayyorlanish uchun ma'Ium bir vaqt ajratiladi va 
har bir mashg’ulotda aniq masalalar hal etib boriladi. Masalan, tarbiyachi hazil she'r
125


o’qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga so'zlarni, tovushlami qanday tallafuz 
etish keraqligini tushintiradi. Qaytarishda esa tarbiyachi bolalardan so zlarni aniq. 
balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talafuz etishni talab etadi. Bu mashqiarda 
matnni eslab qolish uchun o’tkaziladigan bar bir mashg’ulotda 5-6 daqiqadan vaql 
ajratiladi. Bolalar «SHolg'om», «Bo’g’irsoq», «Tulki, xo’roz va quyon» kabi ertakni 
sahnalashtirishni juda sevadilar.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o’zlarining ijodiy rolli o'yinlarida 
sahnalashtiradilar, bu o ’yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni 
o yinlarda aks ettiradilar. YOzuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib 
sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak 
qahramonlarining o ’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r. 
ertak qahramonlarining o’ziga xos xususiyatlari mana shunday o ’rganiladi. 
Sahnalashtirish ishini quydagi bosqichlar bo’yicha o’tkazish mumkin;
1- 
bosqich. Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda 
quydagi talabga rioya qilish kerak:
1. Ertak, hikoya yoki she'rda qatnashuvchilar ko’p bo'lishi kerak.
2. Asarda mazmun yaxshi bo’lib qoJmasdan, harakatlarning xili ham ko’p 
bo'lishi kerak..
3. Asar ifodali o’qishga mos kclishi shart.
4. Mazmuni qiziqarli bo’lishi kerak.
5. Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
2- bosqich. Sahnalashtirishi uchun tanlangan hikoya, she'r yoki ertakning
mazmunini o ’qib berish yoki qo’g’irchoq, soya teatirida ko’rsatish ortjali 
tanishtiriladi. 

3- 
bosqich. Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o’qib 
berish, postanovka ko’rsatish, rasmlar nomoyish etish, didaktik o’yinlardan 
foydalaniladi.
4- 
bosqich. O ’yin qiziqarli o’tishi va uzoq davom etishi uchun o’yinga keraqli 
materiallar, kiyimlar tayorlab berish va shu bilan birga to’g’ri rahbarlik qilish kerak. 
Bu ishni tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyaehi yordamida u bilan 
birgalikda bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko’rsatadi
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo’lgan ertaqlar, hikoyalar ularga tanish bo’lib 
qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «SHolg'om», «Bo’g’irsoq» kabi 
ertaqlar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish 
uchun ertaqiargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan she'rlar ham olinadi. 
Sahnalashtirish o’yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlak qilinadi. Masalan, 
tarbiyachi o ’rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta 
guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, 
ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar 
yoqqanini, ular ko’proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola 
topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollami ijro etishda bolalarda qanday 
qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo’lg’usi 
sahnalashtiriladigan o ’yinlar Jonlantiriladi.
126



Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin