O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


ll-mavzu: MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI VA MAKTAB



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

ll-mavzu: MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI VA MAKTAB
HAMKORLIGI
Reja;
1. Bolalarni maklabga tayyorlash vazif’alari
2. MTM bilan maktab aloqasining shakllari
3. Maktabgacha yoshidagi bolalarni riv'ojlantirish va maktabga tayyorlash 
tayanch dasturi.
4. Tayyorlov guruhi bolalarini maklabda o’qishga tayyorlash.
1. Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari
Mamlakatimizda mustaqillik yoMidagi ilk qadamlardanoq jamiyatning barcha 
sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. 
Ta'Iim sohasida jumladan uning birinchi pog’onasi hisoblanmish maktabgacha ta'Iim 
sohasida ham katta o’zgarishlar qilinmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda 
ta'Iim muassasalari faoliyatini me'yorlashtiruvchi «Ta'Iim to'g'risida»gi Qonun. 
«Kadriar tayyorlash milliy dasturi», «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'Iim 
to’g'risida»gi Nizom, «Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'Iim-tarbiyasiga qo'yilgan 
davlat talablari» kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.
Isloh etish jarayonida bolalarga ta'Iim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, 
shaki va usiublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari 
qamrab olinmoqda.
^ugungi maktab bolasidan aniq bHimlargina emas, fikrlash ko’nikmasi, kattalar 
hamda sinfdosh o'rtoqiarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. 
SHuning uchun bolaning maktabga qadam qo’yayotganida nechog’li bilimga ega 
ekanligi emas, balki uning yangi bilimlami egallashga tayyorligi. atruf olamga 
moslashish ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq 
hisoblanadi. 
.
Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni orttirish, 
o ’z g’oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko’nikmasini 
shakllantirish ham muhimdir.
«O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’Iim to’g’risidawgi Nizomga muvofiq 
bola maktabgacha ta'Iimni uyda ota-onaning mustaqil ravishda ta'lim-tarbiya berishi 
orqali yoki maktabgacha ta'Iim muassasalarida, shuningdek, maktabgacha ta'Iim 
inuassasalariga jalb qilinmagan bulalai uchuii maklabgacha ta'Iim muassasalarida, 
maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta’Iimiga o’tishi xamisha uning 
hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. 
SHuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’Iim muassasasida 
yoki oilada maktab ta'Iimiga tayyorlash, uni murakkab bo’lmagan bilim, ko’nikma va 
malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining 
jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo’lishga yordam beradi.
SHunga binoan, MTMsi bilan maktab o’rtasidagi bog’liqlik bir tomondan, 
bolalarni maktab ta'Iimi talablariga Javob beradigan darajada umumiy rivojiantirib va 
odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o’tkazishni, ikkinchi tomondan,

143


o qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka 
sifatlariga va lajribalariga tayanib, ulardan o’quv-larbiyaviy jarayonda samarali 
foydalanishni taqo/.(i cladi.
Ml'Msi bilan maktab o rlasidagi uzviy bog'liqlik kalla maktabgacha yoshdagi 
bolalar va maklabning boshlang’ich sinf o'quvchilariga ta'Iim-tarbiya berish 
sharoilini yakinlashtirishga yordam beradi. SHunday ish tutilganda bolalarning 
maktab sharoitiga moslashishi ancha engillik bilan o’tadi. Bolalar maktab sharoitiga 
tabiiy moslashib ketadilar, bu csa o’z navbatida maktabda o'qishning birinchi 
kunidan boshlab ta'Iim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta'Iim muassasasi xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga 
qo'yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni 
shunga muvofiq ravishda ta'Iim olishga tayyorlashlari kcrak.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko'p tomonlama 
tuzilishga ega. Unda ta'Iim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, 
lashkiliy shakllari. shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoillari va pedagogik 
talab kabi etakchi tomonlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga 
alohida e'tibor berish kerak: 

1. 
Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari 
lozim.
2. 
MTM nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka. 
kunikmalar bilan qurollantirish
3. Bolalarning maktabga ruxiy tayyorligi. Bu erda vazifa bolalar mehnatning har
kanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat-bilishga qiziqishni o'stirishifing 
kelajakdagi mustaqil f'aoliyatga tayyorlashdan iborat. 

4. MTMsida beriladigan ta'Iim rivojiantiruvchi tarzda bo’lishi kerak.
5. MTMsi bilan maktab o’rtasida izchil aloqa o'matish.
Uzviylik MTMsi va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish bo’yicha 
olib boriladigan ta'Iim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini 
yaratadi. MTM maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlang'ich sinf ta'Iimi 
maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni 
shakliantiradi.
Maktabgacha ta'Iim yoshidagi bolalar egallagan xuiq-atvor shakllari, kattalar va 
lengdoshlari bilan bo'ladigan o'z^ro munosabat shakllari, axloqiy xis-tuyg’u va 
tasavvuriar maktabning boshlang'ich sinfTarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor 
shakllarini ulaming ongini, his-tuyg’ularini tarbiyalash uchun manba Ью'МЬ xizmat 
qiladi.
Maktab bolalarda axloqiy tasavvuriar va xulq atvorda birlik bo’lishini 
tarbiyalash, o 'z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoachilik 
xislatlari, sifat jihatdan yangi bo'lgan xulk, atvor shakllarini tarkib toptirish uchun 
shart-sharoit yaratadi. Maktabda vatanparvarlik. baynalmilallik, o’z vatani oldidagi 
burchini chuqur anglash kabi his-tuyg'ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar bolalar­
ning MTMda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga mehr 
va shu kabi axloqiy xislari asosida shakllanadi.
Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo’yicha izchil ish olib 
boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob-anjomlari bilan
144


tanishadilar. ashula aytadilar, marsh sadolari ostida yuradilar. o'yinga lushadi san'at 
darsida esa o’qvchilar chizmachilik \a rasm solishni. naqqoshlik rangtasvir. 
manzarali-amaliy san'at natyurmortni, portretni bir-biridan farqlashni o’rganadilar. 
O'qish darsida bolalar adabiy janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg'ulotlarda 
ularning 
badiiy, 
ijodiy 
qobiliyatlari 
yanada 
rivojiantiriladi. 
Bolalarda 
mehnatsevarlikni tarbiyalash. mehnat axiiga ijobiy munosabat. mehnat malaka va 
ko'nikmalarini shakllantirish ishlari ham maktabda oTgalilib boriladi.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi mehnat tarbiyasi bo'yicha uzviy bog'liqlik 
mehnat tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga 
qaratishga, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o’z-o’zini tashkil eta bilishga, 
axloqiy munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada 
tarkib topa boradi. Maktabdagi hamma o'quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini har 
tomonlama shakllantirishni rivojiantirish bo’yicha izchillik asosida olib boriladi.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi uzviy aloqa asosini MTM va maktabda amalga 
oshiriladigan ta'Iim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o’rtasidagi 
bog’liqlik tashkil etadi.
Hozirgi boshlang’ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini olib solishtiradigan 
bo’Isak, ular o’rtasida bir qancha o’zaro bog’liqlarni ko’ramiz. Bu eng avvalo 
dasturlarda asos qilib olingan prinlsiplarning umumiyiigi bilan belgilanadi. Ularning 
mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish 
prints^!, hayot bilan borliq, ilmiylik printsiplari, ta’limning tarbiyalovchi va 
rivo^Iantiruvchi xususiyatga egaligi va falsat'iy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida 
namoyon bo’ladi.
Birinchi sinf o ’quv dasturi ayrim predmetlar bo’yicha MTM dasturi bilan 
solishtirilganda ularda umumiylik ko’pligini ko’ramiz. Masalan, MTMsida ona tiliga 
o’rgatish va boshlang’ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama 
rivojiantirish kabi umumiy g’oya asos qilib olinadi.
MTMsida bu ish bolalarning lug’qtini boyitish, tovushlarni to’g’ri talaffuz 
qilishga, ifodali o’qishga o’rgatish, bog’langan nutqni shakllantirish orqali amalga 
oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTMda egallagan bilim. malaka, 
tushunchalarga asoslanib, 
yozma 
nutq 
malakasi, 
ortbgrafik xat malakasi 
shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o’rgatiladi. SHu bilan bir 
qatorda MTMda boshlangan bolalar lug’atini boyitish, nutqning ifodaliligi. 
bog’langan nutqni rivojiantirish davom ettiriladi.
MTMda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to’g’risidagi bilimlar organizm 
bilan muhitning birligi to'g’risidagi umumiy g’oyaga asoslangan holda olib boriladi. 
SHu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o’rtasidagi bog’liqlik 
to’g’risida bilim va tushunchalar beriladi.
Bunda dasturlar mazmunida birlik o’matishda maktabgacha ta lim yoshidagi 
bolalar bilan maktab yoshidagi bolalarning yoshlari. bilimlaridagi farq xususiyatlari 
e'tiborga olinishi kerak.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo’lgan bilim va 
tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi hayot to’g’risidagi tasawurlar va ayrim 
oddiy tushunchalar tashkil etadi.
145


Bunday tasavvur va lushunchalarning bolalar tomonidan egallab olinishi, ya'ni 
bolalarda bar xil soxalar bo'yicha o ’z.lashtirgan umumiy tasavvurlar sislemasi 
ularning kelajakda umumiy rivojianishi uchun nixoyatda zarur bo lib. busiz ular 
hozirgi zamon boshlang’ich sinfta'Iimidagi kerakli bilimlarni egallay olmaydilar.
Maktabda esa o’quvchilarning bilimi yangi bosqichga ko’lariladi va kengayadi, 
shu bilan birga ular egallayolgan bilimlahni nazariy jihatdan anglay boshlaydilar. 
ilmiy tushunchalarni shakllantirish maktabda olib boriladigan ta’Iim-tarbiyaviy 
ishning markaziga qo'yiladi. Maktabda bilimlar asosini egallash yanada aniqroq 
tusga kira boradi. 
.
MTM bilan maklab o’rtasidagi izchillik ta'limning shaki va usiublarida ham o ’z 
aksini topadi.
Ta'Iim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti bolalarning bilim, malaka 
va ko'nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish, bog'chada va maktabda ularning 
aqliy qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o'stirishdir. MTMi va maktabning 
boshlang'ich sinfida qo’llaniladigan juda ko'p usullar bir xil boTib. ular bolalarning 
aqliy. axloqiy-irodaviy rivojianishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu bilan birga 
ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga. amaliy faoliyatga, bilishga 
qiziqishini oshirib, o’qituvchi bilan dars Jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar- 
ning murakkabroq shakllarini egallab olishlarga yordam beradi.
Tarbiyachining mashrg’ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, 
bilish jarayoniga bunday raxbarlik qilishi maktab va MTM o’rtasidagi ta'Iim 
usulidagi izchillikning asosini tashkil etadi.
Maktabdagi dars, MTMidagi mashg’ulot bir muncha o’ziga xos xususiyatlSrga 
ega, shu bilan birga ta'limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik ftzilib 
turadi. Mashg’ulot va darslaming mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq 
belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta'limning ilmiy asoslangan 
metod va usullaridan t'oydalanish, ta'Iim berish jarayonida bolalarda o ’quv faoliyati 
elementlari, o ’z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma'Ium maqsadga qaratilgan 
aqliy ish bilan shug’llanish qobiliyati tarbiyalab boriladi. Bular hammasi bolani 
maktab ta'Iimiga faol kirishib ketishga tayyorlaydi.
SHunday qilib, MTMIari bilan maktab o’rtasida ta’Iim-tarbiya ishidagi izchillik 
bola shaxsini aniq maqsad bilan har tomonlama rivojiantirib borish imkonini yaratadi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin