O ’zbekiston respublikasi oliy va o ’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti


-mavzu: MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA TA'LIM-TARBIYA



Yüklə 6,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/98
tarix25.09.2023
ölçüsü6,03 Mb.
#148641
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   98
Maktabgacha pedagogika 2

14-mavzu: MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA TA'LIM-TARBIYA
ISHLARINI REJALASHTIRISH VA HISOBGA OLISH
Reja:
1. Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
2. Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni
I. Pedagogik Jarayonni rejalashtirish vazifalari
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'Iim-tarbiyaviy ishini 
rejalashtirish 
pcdagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'Iim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, 
ishning usul va metodlarini ko'rsatib, ta'Iim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish 
tartibi, izchilligini oldindan aniqiashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish 
mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy 
omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga 
tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’Jgan tarbiya jarayonida bilim. aqliy va 
amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga 
oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning 
maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassassi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini 
ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi 
rejalashtirishda etakchi hisoblanadi. 
*
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoafi va 
ayrim bolalarni tarbiyalcish vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik 
ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik 
metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga 
yo’llangan bo’lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish 
murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy tiziologik taraqqiyot darajasi 
to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va 
usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja
larbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya 
ishlarini bir lekisda laqsimlab, ma'lum izchillik bilaii amalga 
oshirishga yordam bcradi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta 
tayyorgarlik ko’rish metod va usullami yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va 
jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har 
bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja 
qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish 
mumkin.
SHuning uchun MTMda bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi:
172


MFMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kaicndar rejasi. Yillik 
reja asosan MTM mudirasi, mctodist tarbiyachi tomonidan tu/.ilib. bolalar 
muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o 'z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo'IJallangan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad 
bolalar bilan olib boriladigan ta'Iim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma lum 
maksadga qaratilgan va samarali bo’lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta'Iim- 
tarbiya dasturi»ning hamma bo'limllari o'z aksini topadi.
istiqbol rejasida dasturning hamma bo'limlari bo’yicha amalga oshirilishi lozim 
bo’Jgan ta'Iim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida anik 
mavzular buyicha belgilab chiqiladi,
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'Iim- 
tarbiya mazmunini aks ettiriladi. LJni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish 
va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga 
olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash Jarayoni va 
ularda tevarak-atrof'dagi narsa va buyumlar to’g'risida umumlashgan bilimlarni 
shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongini 
shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvat'faqiyalli tuzishning 
asosiy garovidir.
Pedagog va pyxshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari 
bolalarning malaka va ko'nikmalarni egallashi ma lum yosh bosqichida yuzaga 
kelishini ko’rsaldi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo’ldan boy bermay, bolani har tomonlama 
rivojlantirishga erishmog'i zarur. Tarbiyachi o’zi ishlayotgan gurux, shuningdek 
o’zidan oldingi va keying! guruxlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi 
kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish 
bo’limida bolalarni hayvonlar, o ’simliklar va shunga o'xshashlar tug’risidagi eng 
oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazit'asi belgilangan.
O ’rta guruxda dastur bo’yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- 
buyumlarga, voqea-xodisalarga nisbatan qiziqishini o ’stirish va shu asosda eng oddiy 
tasavyur va tushunchalar xosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va
173


buyumlar, voqca-hodisalar о rtasidagi o'zaro bog’liqlikni lopa bilishga o'rgatish bosh 
vazil'a hisoblanadi. Kalla va layyorlov guruxi bolalarini narsa-buyumlar, vokea- 
hodisalar tug’risidagi xaqiqiy lasavvur va lushunchalarini, ularning labiiy sabablar 
bilan bog’lik ekanligini shakllanlirish daslurning muxim vazifasidir.
Maklabgacha 
larbiya 
yoshidagi 
bolalarga 
la'Iim-larbiya 
berish 
ishini 
muvalTaqiyalli amalga oshirish uchun daslurni yaxshi bilishning o ’zi elarli emas, shu 
bilan birga. bar bir bolaning shaxsini rivojianlirish yo'Marini yaxshi bilish, bolaning 
bilim. malaka va ko'nikmalarni cgallab olish qobiliyali har xilligini ham e'tiborga 
olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyalli rejalashtirishning yana bir zarurali - uning 
melodik qo’IIanma, pedagoglar kengashi, meludik birlashma, kurslarda va shunga 
o’xshashlardan olgan lavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rcjani guruhda ishlovchi har ikkala larbiyachi birgalashib bamaslahal 
luzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqli-vaqli bilan bolalarning ishlarini lahlil qilib 
borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki xaMaga luziladi va larbiyachining majburiy 
hujjali hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma la'Iim-larbiya ishlari bolalar I'aoliyalining barcha 
lurlari; o’yin. mehnal, maishiy faoliyal va mashg’ulol orqali amalga oshiriladi. 
Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma lurlarida aks eltiriladi. 
Kalendar rejani larbiyachi kun larlibiga binoan luzib chiqadi. Bolalarning o ’yini ham, 
mehnal mashg’uloli ham, maishiy faoliyali ham tarbiyachining har kungi kalendar 
rejasidan o ’rin olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har lomonlama barkanlol 
shaxs bo’lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab beiholanadi. 

Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og'zaki nutqini tuzatish va rivojianlirish:
a) kitoblar, o ’yinchoqiar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning 
oila a'zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o'xshashlar to’g’risida 
jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko’rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to’g'ri 
lalaFFuz 
qilishga 
o’rgatish, 
nutqning 
grammalik 
tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o ’yinlar;
d) tovushlarni to’g’rilash bo’yicha yakka tartibda shug’ullanish.
2. 
Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo’yicha 
didaktik o’yinlarni rejalashtirish (kichik va o’rta guruhlarda).
3. 
Bolalar 
xoxiagan 
faoliyal 
rejalashtiriladi. 
Bolalarning 
mustaqil 
shug’ullanishlari uchun plastilin, buyoqiar, qalamlar, bo’yashlari uchun rasmii 
kitobchalar va o ’zlarining chizgan rasmiari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o’yinchoqiari, kiyimlar, kashtalar, idish- 
tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo’g’irchoklar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigienik malakalarga o’rgatish bo’yicha yakka tartibdagi 
ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro’molchadan foydalanishga 
o ’rgatish bo’yicha didaktik o’yin o’tkaziladi.,
6. Koplokii dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish
174


kabi asosiy harakatlarni rivojianliruvchi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning o’yin faoliyatlari rejalashtiriladi;
a) qurilish о yinlari rol, syujet bilan bog'lik qurilish o'yinlari rejalashtiriladi;
b) syujetli-rolli 
о yinlar, 
turmushni 
aks 
ettiruvchi 
va 
boshqa 
shunga o'xshash o'yinlar rejalashtiriladi;
v) 
stol 
usti 
bosma 
didaktik 
o'yinlari. 
so'zli 
buyumlar 
bilan 
о ynaladigan didaktik o ’yinlar, ermak o'yinlar. xorovod o'yinlar. xalq didaktik 
о yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, 
rang, vaqt, didni, nutqni o’stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport 
o ’yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ко'chat o’tkazish, suv sepish, o’simlik va hayvonlarni 
parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo’jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish. xonani yig’ishtirishtirish. 
kitoblarni yopishtirish-elimlash, o’simliklar bargini artish);
v) qo’l 
mehnati 
(tabiiy 
materiallar, 
daraxtlar 
mevasi. 
samonchalar, lattalar yog’och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh 
guruhida mehnatning qaysi turi o’tkazilishi dasturda ko’rsatilgan. Ertalab 2-3 xil 
faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o’tkaziladigan 
mashg’ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg’ulotda biror narsa o’qib berish rejalashtirilgan 
bo’lsa, ertalabki soatda rasm ko’rish. onasi to’g’risida so’zlab berish, o’qish 
rejilashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shaki bilan tanishtirish, 
tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg’ulotlarni rejalashtiradi; 
bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan 
tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg’ulotlar. kompleks 
mashg’ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg’ulotlari bo’ladi. Tarbiyachi 
o ’zining kalendar rejasiga mashg’ulotnir\g nomi va dastur mazmunini yozib qo’yadi. 
Dastur mazmuniga mashg'ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab 
olishlari, aniqiash va mustahkamlash kerak bo’lgan bilim, malaka, ko'nikmalar xajmi 
ham yoziladi.
Mashg'ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'Ium .xajmdagi bilimlarni 
egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning 
bilimlarini aniqiash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo’llash imkonini beradi. 
Bolalarga beriladigan bilim, malaka va 'Ko'nikinalarning hajivii rnashg'ulotdan- 
mashg’ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi 
mashg’ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, 
nomini aytishga o ’rganadi. Keyingi mashg’ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib. 
hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo’ladi. Bolalar bu 
hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg’ulotda 
bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar 
o’z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to’g’risida gap boradi.
Dastur materialini o’rganish mashg’ulotdan-mashg’ulotga mana shu izchillik 
bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko’nikmalarni 
muvaffaqiyatli o ’zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod
175


va usullariga, shart-sharoitga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh 
xususiyati asosan ko'rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, 
suxbal tushuntirish; amaliy metod mashq o’yindan foydalanishni lakrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo’l bo’lib, 
usullar yig'indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga 
bo'lish mumkin: ko'rgazmali (ko’rsalish), og’zaki (savol. solishtirish. she'r aytish. 
topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o’yin, vaziyal usullari va boshqalar).
Bcvosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham 
foydalaniladi (eslatish, maslahat. tanbeh berish, tuzatish). Ko’p ?(ollarda metod va 
usullardao kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg’ulot vaqtida beriladigan bilim, 
malaka va ko’nikmalarni bolalar ya.xshi o’zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini 
ko'tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o’zining kalendar rejasida mashg’ulotda foydalaniladigan usulnigina 
yozib qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izehillikda berilsa, shunday yozib 
qo'yish zarur. Agar tarbiyachi mashg’ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha 
keltirmoqchi bo’lsa, uning mazmunini yozib qo’ygan ma'qul. Solishtirishga 
o'rgatishda qaysi buyumlardan, ulaming qaysi belgisidan, qanday savollardan 
foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg’ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini 
ko’rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rayotganda, albatta, yosh bolaning 
tafakkuri ko’rgazmali-obrazli bo’lishini e'tiborga oladi va asosan mashg’ulottia 
ko’rgazmali metodlami rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida 
kuzatilayotgan ob'ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va 
buyumlami namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko’p mashg’ulotlarda, 
ayniqsa-nutqni o’stirish mashg’ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu 
bolalarga tanish bo’lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- 
hodisalarni tarbiyachi xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga aw al egallagan bilimlari 
bilan yangisini bog’lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o’zlashtirib 
olishlarini engillashtiradi. Tarbiyachi mashg’ulotlarda foydalanadigan so’zli metodda 
uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, 
idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuz'ish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo’r 
berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo’lishi ^ ru r.
Mashg’ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini 
kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini engillashtiradi, ularning fahm-farosatli, 
mustaqil fikrlaydigan bo’lishiga yordam beradi.
Mashg’ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaxo 
aqliy xazinasi bo’lib, u buyumlami yaxshiroq o’rganish va tushunishga yordam 
beradi.
Kichik guruxlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko’p bo’lmaydi. 
Tarbiyachi solishtirishni qanday izehillikda olib borishni o’zining kalendar rejasida 
yozib qo’yadi.
176


о rta guruhda solishtirishga mo'ljallangan buyumlardagi belgilar soni ko'payadi 
va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma lum izchillikda bajon qilish 
talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko’rib turgan 
buyumlarning belgilarini sanash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda 
tasavvurlaridan foydalanish ham talab etiladi.
Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga mos bo"lib, ularning 
aqliy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg’ulotlarda o’yin usulidan keng foydalanadi. O'yin usuli 
mashg'ulotning qiziqarliroq, jozibaliroqligini ta'minlaydi, mashg’ulot jarayonida 
yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan engadi.
Mashg’ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga 
qarab yakka tartibdagi ishlar ham rcjalashtiriladi. Umumiy rivojianishi biroz orqada 
kolayotgan, diqqati tarqoq, o’ziga ishonchi yo'q yoki o’zi to'g’risida yuqori fikrli 
bolalarga ko’proq e'tibor berish kerak.
SHunday qilib, kalendar rejaga mashg’ulotning dastur mazmuni, metodik usul 
unga kerakli ko’rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash 
rcjalashtiriladi.
Sayrni rejalashtirish.
1. 
Qoidali 
o’yinlarning 
ta'lim-tarbiyaviy 
vazifasi 
ko’rsatilgan 
xolda
rcjalashtiriladi. ICichik guruhda bitta yangi o’yin yoki tanish o’yinni rejalashtirish 
murnkin katta guruxda ham bolalarga tanish bo’lgan 2 o’yinni sayrning boshida va 
oxft-ida rejalashtirgan ma'qui. 
-
2. Tabiatdagi, ijtimoiy xayotdagi voqea-xodisalarni kuzatish rcjalashtiriladi. 
Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko’chani, farroshning 
ishini va shunga o’xshashlarii kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o’simliklarni, 
yog’ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rcjalashtiriladi. Bular xallasiga 5-6 marta 
kuzatiladi. Ob-havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo’lmaydi. Buni kalendar 
rejasiga quyidagicha yoziladi; yaqin orada (хайа davomida) qor yog’ishini kuzatish. 
Bu tadbir o’tkaziladigan mashg’ulot bilan uzviy bog’lik bo’lishi kerak.
3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rcjalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (daraxt o’tqazish, suv quyish, chopiq qilish, o'simlik 
urug’ini terish, xayvonlarni parvarish qilish va xokazolar);
b) maishiy-xo’jalik mehnati (barglarni yig’ish, qorni tozalash, ayvonchani 
supurish, kafasni tozalash, yulkalarga qum sepish va shunga o’xshashlar).
4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan 
asosiy harakatlarni mashq qildirish, san'at, ona tilini o’rganish va boshqalar.
Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo’yicha tadbirlar yil fasllariga qarab 
tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; 
emaklab. sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqiashga 
o ’rgatuvchi mashqiar rejalashtirilmaydi.
5. Sport o’yinlari (voleybol, stol tennisi. bagminton va shunga o’xshashlar), 
sport ermak o ’yinlari (chang’i, konki, chana, velosiped va boshqalar).
177


6. Maqsadli sayriar maydoncha bo’ylab va maydonchadan tashkariga o'tkaziladi. 
Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, 
bahorda mana shu o tioqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o’zgaribdi)
7. Qurilish o ’yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning 
syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni 
o'rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun olib 
chiqiladigan o'yinchoklarni, ularning ayrimlarini ham ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan 
oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug’ullanishlari, kanday mehnat 
faoliyatini bajarishlari yoki qanday o’yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi 
to’g’risida bolalar bilan gaplashib oladi.

Yüklə 6,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin