PARAMAGNETIZM-agar tashqi magnitik maydon bo’lmaganda modda tariblangan magnitik tuzilishga ega bo’lmasa, tashqi magnit maydonga joylashtirilgan jismning shu maydon yo’nalishiga mos tushuvchi magnitlanish xossasi.
PARAMAGNETIK-paramagnetizm xossasini oshkor qiluvchi modda.
PLAZMA-amalda musbat va manfiy elektrik zaryadlarning zichligi birday bo’lgan qisman yoki to’liq ionlangan gaz.
SAMARADOR MASSA-zarraning dinamik xossalarini tavsiflovchi, massa o’lchamidagi kattalik.
TESKARI PANJARA-muayyan kristall panjaraga xos, tugunlari orasidagi masofa kristall panjaraning tegishli tugunlari orasidagi masofalarga teskari mutanosib bo’lgan nuqtaviy uch o’lchovli panjara.
UZOQ TARIB-modda egallagan butun xajmda zarralarning muntazam davriy joylashuvi.
FERROMAGNETIZM-moddaning uning atomlari yoki ionlari magnitik momentlarining o’z-o’zidan bir-birlariga parallel joylashib qoladigan holati.
FERROMAGNETIK-muayyan harorati (Kyuri nuqtasi)dan pastroqda atomlar yoki ionlar magnetik momentlarining (nometall kristallarda), yo jamlashgan elektronlar magnetik momentlarining (metall kristallarda) ferromagnetik tartibi o’rnashadigan modda.
FERROMAGNETIK REZONANS-ferromagnetikdan o’tuvchi elektromagnitik to’lqinlar energiyasining unga qo’yilgan magentik maydonning muayyan takroriylik va kuchlanganlik qiymatlarida tanlab yutilishi.