3
1-Laboratoriya ishi
Geologik kartalarni Corel Draw dasturida yaratish
Ishning maqsadi:
COREL DRAW dasturida murakkab chiziqlar va shakllar
hosil qilish, to‗g‗ri to‗rtburchak, ellips, spiral chizishni o‗rganish.
Vazifa:
1.
Nazariy qism bilan tanishing.
2. Dastur yordamida to‗g‗ri to‗rtburchak chizishni o‗rganing.
3. COREL DRAW dasturida geometrik figuralarni yaratishni o‗rganing
4. Ellips, spiral asboblarida ishlashni o‗rganing.
Nazariy qism
COREL DRAW dasturi vektorli tasvirlarni yaratishda turli vositalarni qo‗llaydi -
ingichka chiziqlar, patsimon shtrixlar. Shunga qaramay vektorli grafikaning ish usuli
"qo‗lda" chizishdan ancha farq qiladi. Shuning uchun vektorli konturni yaratishni va
tahrirlashni tasavvur qila olish kerak.
Shu maqsadda COREL DRAW dasturi geometrik figuralarni yaratish (to‗g‗ri
to‗rtburchak, ko‗pburchak, ellips, spiral) uchun mo‗ljallangan asboblarga ega,
bundan
tashqari "erkin chizish" asboblari (pero, kalligrafik, pero). Gradiyentli (Mesh Fill),
vektorli grafikaning asosiy instrumenti bo‗lgan Bezye — egri chiziqlari,
Bezye asbobi
(Vezier).
Vektorli konturlarni to‗liq tahrirlash qanday asboblar orqali yaratilganligidan
qat‘i nazar bir xil usulda bajariladi: Forma (Share) asbobi yordamida, tahrirchining
maxsus paneli (Node Edit) tarmog‗i orqali yoki uni almashtiruvchi
xossalar asboblar
qatori (Rgoregtu Var).
Кonturlar va tayanch nuqtalar
Кontur - bu chiziq bo‗lib, dasturni chizuvchi asboblar orqali yaratiladi va
obyektning simli strukturasini tashkil qiladi. Кeyinchalik kontur obvodka parametrlarini
(outine) va ranglarini (fill) taqdim qilishi mumkin va buning natijasida u ko‗rinishga
ega bo‗lib, chop etilishi mumkin. Agar konturda qaysidir parametrlar
yetishmayotgan bo‗lsa, u oddiy rejimda ko‗rinishga ega bo‗lmaydi, to‗liq
obyekt
shaklida hujjatda saqlansada, bosmaga chiqarilmaydi. Forma (Shape) asbobi
yordamida ajratish mumkin bo‗lgan - kontur (tashkil
qiluvchi kontur
kombinatsiyalanuvchi konturlar yig‗indisidir), alohida obyekt hisoblanadi (object).
Odatda kontur ko‗p segmentlardan tashkil topadi, bu konturlar tayanch
nuqtalarida ulangan Bezye egri chiziqlaridan tashkil topgan. Segmentning bir tayanch
nuqtasi joyini o‗zgartirishi shaklni o‗zgartiradi. Segment
shaklini boshqaruvchi
nuqtalar orqali ham o‗zgartirish mumkin.
4
Standart geometrik figuralarni (to‗g‗ri to‗rtburchak, ellips, yoy, aylana)
yaratish uchun mo‗ljallangan asboblar sichqonchaning bir harakati orqali geometrik
figurani chiza oladi.
Dostları ilə paylaş: