O’ zbekiston respublikasi oliy va o`rtaTa’lim oluvchilar bilimini faollashtirish
Fan o’qituvchisi: _____________ ________________________ 1-Mavzu (nomi): MTTda jismoniy mashqlarni asosiy turlarini o‘tkazish. Saflanish va qayta saflanish mashqlari, asosiy harakat mashqlari va umumrivojlantiruvchi mashqlarni turlarini bajarish. MTTda jismoniy sog‘lomlashtiruvchi mashqlar Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu – bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi. Sog‘lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o‘z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof-muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o‘qishga hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi. 7 Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o‘z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko‘rgazmali harakat, ko‘rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur formalari, ustun turuvchi faoliyat turining o‘ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda bola psixikasida muhim o‘zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o‘tishi”ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o‘rganib va hisobga ola borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko‘nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba’zi elementar bilimlarni) ko‘zda tutadi. Ularni o‘zlashtirish bolalarni maktabda o‘qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta’minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e’tibori fikrlaydigan, o‘z yosh imkoniyatlariga ko‘ra ongli harakat qiladi. Yüklə 183,4 Kb. Dostları ilə paylaş: |