46
Boshqa jamoalar tizimida tutgan o
’rni va alokalariga qarab; birlamchi va asosiy jamoalar
ajratiladi.
Guruhlar va jamoa. Shaxs ikki xil munosabatda - xizmat yuzasidan bo
’ladigan va shaxsiy
munosabatlarda bo
’ladi.
Havaskorlik
jamoalari
Badiy
havaskorlik
jamoalari
Drama
teatrlari
Badiy
havaskorlik
jamoalari
k
o’ngilli
jamiyatlar
k
o’ngilli
jamiyatlar
harbiy
sport
tashkilotlari
47
Xizmat yuzasidan bo
’ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilam birga hujjatlarda qayd
etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bogliqlik, do
’stlik, o’rtoqlik, antipatiya asosida
vujudga keladi.
Xizmat yuzasidan bo
’ladigan va shaxsiy munosabatlar shaxslararo tizimini tashkil etadi.
Guruh a
’zolari bir-birlariga nisbatan bir xil holatda bo’la oladilar. Guruhning har bir a’zosi
o
’zining shaxsiy va ishga taaluqli bo’lgan sifatlariga, o’zining mavqeiga ko’ra guruhdagi
shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan holatni egallaydi. o
’tkazilgan tadqiqotlarning
ko
’rsatishicha, ayrim kishilar boshqalariga nisbatan ko’proq obro’ga ega bo’ladilar.
Eksperiment malumotlariga ko
’ra, sinf jamoasida, ya’ni 30-40 o’quvchi ichida eng
mashhur, obro`lisi 3-4 o
’quvchi bo’lishi mumkin. Ularning mashhurligi quyidagi omillarga
bog`liq bo`ladi:
Birinchidan, buning sababi bu o
’quvchilarning guruhning boshqa a’zolari bilan aloqa
o
’rnata olish malakalaridir.
Ikkinchidan, shaxs o
’zining bilim va malakalari tufayli, bu bilimlar bilan
o
’rtoqlashish, boshqa kishilarga beg’araz yordam ko’rsatishga intilishi sababli mashhur
bo
’lishi mumkin.
Uchinchidan, tashqi ko
’rinishi omili tufayli ham shaxs guruhda avtoritet qozonishi
mumkin. Bu omilga jismoniy kuch ko
’rsatkichini ham kiritish mumkin.
Guruh yoki jamoadagi ba
’zi a’zolar shaxsiy o`zaro munosabatlardan chetda qoladilar. Ular
bunday aloqalar o
’rnatish uchun o’zlariga sherik tanlaydilar. Biroq bu ushbu shaxs jamoa
tomonidan xohlanmaydi, degan so
’z emas. Bu shaxs ish yuzasidan bo’ladigan
munosabatlarga kirishadilar, unga berilgan rolni yaxshi bajaradilar. Jamoa bu a
’zosining
shaxsiy o
’zaro munosabatlarini jamoadan tashqarida yaxshi o’rnatiladi.
Guruhda shaxs yana shunday holatda ham bo
’lishi mumkin, bunda uni guruhdoshlari
do
’stlikda, shaxsiy munosabatlarda rad etadilar. Guruhdagi yakkalab qo’yish (izolyatsiya)
va rad etish sabablari
ham turlicha bo
’lishi mumkin.
Birinchidan, rad etiluvchi o
’quvchilarning o’qishga befarq munosabatda bo’lishi.
Ikkinchidan, ba
’zi o’quvchilarning sinfdoshlarn tomonidan rad ztilishi ular bilan
bo
’ladigan muloqotning qiziqarli emasligi bilan ham tushuntiriladi.
Uchinchidan ajralib qolganlik guruhdoshlari bilan aloqa o`rnata olmaslikka ham
bogliq bo`lishi mumkin.
Rasmiy lider liderlikka saylangan yoki tayinlangan lider bo`lib, ushbu jamoaning
faoliyatiga rasman javobgar hisoblanadi.
Norasmiy lider - rasmiy liderlik mavqeini egallamaganligiga qaramay, ko`pchilik
tomonidan e
’tirof etilgan, obro`ga ega bo`lgan lider.
Guruhlar yoki jamoalarda o`ziga boshchilik rolini oluvchi shaxs
farqlanadi. Psixologiyada bunday shaxs lider deyiladi.
Lider guruhni tashkil etish va boshqarish uchun tayinlanishi yoki
belgilanishi mumkin.