O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə14/65
tarix02.01.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#42854
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Psixologiya-fayllar.org

Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi. 

Sobiq  ittifok  jumhuriyatlarida,  birinchi  navbatda  Russiyada  ijtimoiy  psixologiya  20-

yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb 

haqli  ravishda  V.  M.  Bexterevni  ko`rsatish  mumkin.  U  o`zining  refleksologiya  nazariyasi 

doirasidan  shaxs  xulq-atvorining  motivlari  tushunishga  o`rganganlardan  biridir.  Uning 

fikricha,  barcha  ongli  va  ongsiz  jarayonlar  tashki  xulq-atvorda,  harakatlarda  ifodalanadi, 

shuning  uchun  ham  tashqi  harakatlarni,  qiliqlarni,  nutqni,  tovushni  o`rganish,  orqali 

shaxsning o`zini bu harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu 

ediki,  u  o`z  qarashlarida  sotsiologiyani  biologiya  bilan,  psixologiyani  esa  fiziologiya  bilan 

aralashtirib  yubordi,  shu  orqali  shaxs  va  jamiyat  taraqqiyotining  uni  versal  qonunlarini 

topmoqchi bo`ldi.  

Bexterevdan  keyingi  olimlar,  Yu.  Vasilevning  "biologik  sotsiologiyasi"  ham,  M.A. 

Reysnerning  "ommaviy  psixologiya"  ham,  L.N.  Voytolovskiyning  "jamoa  psixologiyasi" 

ham  reflekslar  qonuni  mexanik  tarzda  ijtimoiy  psixologik  jarayonlarini  tushuntirishga 

kuchirish bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.  

20-30  yillarda bolalar  va o`smirlar  ijtimoiy  psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan 

ikki  yo`nalish  paydo  bo`ldiki,  ular  ham  qator  kamchiliklardan  xoli  bo`la  olmaydilar. 

Masalan,  biologik  yoki  biogenetik  nazariya  tarafdorlari  shaxsning  shakllanishida  irsiy  va 

biologik  nasliy  omillar  yetakchi  rol  o`ynaydi,  deb  hisoblashsa  (E.  Arkin,  I.  Aryamov,  va 

boshqalar),  sotsiologik  yoki  sotsiogenetik  nazariyotchilar  bu  borada  ijtimoiy  muhit  rolini 

nihoyatda ortik ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).  

30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator 

olimlar  o`z  nazariy  qarashlarini  marksizm  bilan  bevosita  bog`lab,  jamoa  va  shaxs 

nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, 

ta

’lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar ijtimoiy psixologiya 



taraqqiyotida  nisbatan  sokinlik  davri  bo`ldi.  Chunki  psixologiya  sohasida  olib  borilgan 

tadqiqotlar  ichida  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlar  yo`k  hisob  edi.  Bu  fan  Rossiyada  va 

boshqa  Sobiq  ittifokdosh  jumhariyatlarda  70-yillardan  keyin  keskin  rivojlana  boshladi. 

Bunda  Moskvalik  va  Leningradlik  (hozirgi  Sankt-Peturburg)  olimlar  maktabi  katta  rol 

o`ynadi.  Agar  Moskva  shaxrida  asosan  ijtimoiy  psixologiya  bo`yicha  fundamental  nazariy 

tadqiqotlar  ko`plab  o`tkazilib,  unda  hozirgi  zamon  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlarning 

empirik  qonunlari  asoslari  ishlab  chiqilgan  bo`lsa,  Sankt-Peturburgda  ko`proq  tadbiqiy 

ilmiy  tadqiqot  ishlar  olib  borildiki,  ular  birgalikda  minglab  yosh  ijtimoiy  psixologlar 

avlodini  tarbiyalab  yetishtirdilar.  Ular  esa  hayotimizga  ilg`or  fikrlar  va  dadil  tadqiqotlar 

bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar. 

Lekin, yuqorida aytib o`tilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida 

chet el, ayniqsa AQ SH psixologiyasining ta

’siri ancha sezilarlidir. 

 


 

21 




Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin