O ’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo


O ’zbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar



Yüklə 329,48 Kb.
səhifə15/65
tarix02.01.2022
ölçüsü329,48 Kb.
#42854
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Psixologiya-fayllar.org

4.O

zbekistonda ijtimoiy psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar. 

Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini 

o`rganuvchi  fan  sifatida    o`zining  nazariy  tamoyillarini  amaliyotga  tadbiq  etmog`i  va  shu 

orqali  yangicha  mazmundagi demokratik  munosabatlarning jamiyatning  har bir jamoasida, 

oilasida  va  fuqarosida  qaror  topishiga,  yoshlarda  yangicha  fikrlashni  va  dunyoqarashni 

shakllantirish jarayoniga ko`maklashishi zarur. 

 

 



 

 Lekin tarix bizga shundan darak beradiki, yaxlit, tizimli ijtimoiy psixologik qarashlar tizimi 

umuman  bo`lmagan.  Ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlarning  o`tmishdagi  va  hozirgi  kundagi 

holati  M.  Otajonovning  qator  ilmiy  maqola  va  risolalarida  bayon  etilgan.  Uning  oxirgi 

yillarda  o`tkazilgan  ilmiy  tadqiqoti  natijalariga  ko`ra,  ijtimoiy  psixologiya  fan  sifatida 

muhimlik  shajarasida  ikkinchi  o`rinni  egallaydi,  ijtimoiy  psixologiya  va  ana  shu  fanning 

muammolari eng istiqbolli va yechilishi zarur, dolzarbidir.  

Shuni alohida ta

’kidlash lozimki,  

 

 



        Tadqiqot  natijasida  shu  narsa  aniqlandiki,  oila  a

’zolarining rollar borasidagi muvofiq 

o`zaro  munosabatlari  oilaviy  hamjihatlikning  muhim  shartidir.  Oilaviy  majorolar  esa, 

asosan  hozirgi  zamon  o`zbek  ayolining  ijtimoiy  mehnat  bilan  bandligi  hamda  oilaviy 

munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.  

        G`.B.  Shoumarov  va  Ye.  A.  Morshinalarning  (1986)  tadqiqotlarida  esa  oilada 

bolalarning  tarbiyasiga  bevosita  ta

’sir ko`rsatadigan ijtimoiy psixologik omillar o`rganildi, 

chunonchi,  unda  o`ziga  xos  milliy  va  an

’anaviy o`zaro  munosabat xususiyatlarining o`rni 

belgilanadi.  

Ijtimoiy  psixologiyaning  fan  sifatida  yurtimizda  rivojlanish  tarixiga 

e’tibor  beradigan  bo`lsak,  shuni  ta’kidlash  lozimki,  u  oxirgi  o`n  yilliklar 

mobaynida  shakllanmoqda,  xolos.  Lekin  tarixdan,  umuman  psixologiyaning 

O`zbekiston  xududida  shakllanishini  tahlil  qilinsa,  uning  diniy-falsafiy 

oqimlar  va  qarashlar  tizimida  o`ziga  xos  tarzda  shakllanib kelganini  ko`rish 

mumkin.  Masalan,  eramizning,  II-III  asrlarida  rivoj  topgan  mexanizm 

(asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar o`z diniy 

qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va shaxsning o`ziga 

xosligi kabi goyalarni keng tashviqot qilganlar. 

 

O`zbekistonda  o`tkazilayotgan  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlar  asosan 



oilada va oilaviy munosabatlarga bag`ishlangan. Birinchi ijtimoiy psixologik 

tadqiqot  ham  70-yillarning  oxirida  80-  yillarning  boshida  I.Ekubov 

tomonidan o`tkazilgan bo`lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-

xotin  ijtimoiy  rolarning  muvofiqligini  ta’minlovchi  sotsial-psixologik 

omillarni o`rganadi. 


 

22 


       Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o`tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. 

Soginovning o`zbek oilasiga xos bo`lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qonikish, 

nikoh  motivlari,  oila  qurishning  o`zbeklarga  xos  bo`lgan  yosh  xususiyatlari,  yosh  o`zbek 

oilalaridagi  psixologik  mojarolar  va  ajralishlarning  sabablarini  tizimli  tarzda  o`rgangan 

ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o`rganilmagan ilmiy ma

’lumotlar to`plandiki, ularga 

ko`ra: 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



2.8-rasm. 

 

 



 

 

         N.  Soginovning  to`plagan  ma



’lumotlari  yosh  oilalar,  mojaroli  oilalar  va  yoshlar 

tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lganlar uchun muhim ilmiy yo`l-yo`riqdir.  

         Bundan  tashqari,  oxirgi  yillarda  katta  guruhlar  psixologiyasiga  oid  qator  tadqiqotlar 

o`tkazildi va o`tkazilmoqda. Masalan, E. Usmonovning o`zbek ayollarining  suisidal (ya

’ni 

o`z  joniga  qasd  quyish)  xulq-atvorining  ijtimoiy-psixologik  sabablarini  o`rganishga 



bagishlangan tadqiqoti (1993), Fargona Davlat universiteti psixologiya kafedrasida amalga 

oshirilayotgan  qator  ilmiy  tadqiqot  ishlari,  Ye.  Nu

’monovaning  "O`zbek  oilalaridagi 

reproduktiv  ustanovkalarning  xususiyatlari"  ga  bag`ishlangan,  M.  Zokirovning  erkak  va 

ayollardagi rollar haqidagi tasavvurlarning o`ziga xosligini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy 

tadqiqoti,  M.  Toshpo`latovning  o`zbek  yoshlaridagi  ijtimoiy  xulq-atvorning  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitidagi  o`ziga  xos  qirralarini  o`rganishga  qaratilgan  ishlari  va  boshqalar 

shular  jumlasidandir.  Bu  tadqiqotlar  natijasida  yaqin  kelajakda  yangi  etnopsixologik 

konsepsiya  shakllanadi  va  bu  Respublikamizdagi  ilmiy  ishlarning  rivojiga  o`z  hissasini 

qo`shadi.  

Lekin O`zbekistonda ijtimoiy psixologlar oldida juda muhim tadqiqot mavzulari mavjudki, 

ularda  hozirgi  mustakillik  sharoitida  shaxs  va  turli  ijtimoiy  guruhlar  psixologiyasida  ruy 

berayotgan  o`zgarishlar,  turli  yosh,  demografik,  etnik,  professional  guruhlarga  mansub 

bo`lgan  kishilarning  ijtimoiy  tasavvurlari,  ular  asosida  ijtimoiy  xulq-atvorni  ilmiy 

boshqarish asoslari ishlab chiqilmog`i lozim. Ya

’ni, ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi, 

boshqarish  psixologiyasi,  guruhlar  psixologiyasi  hamda  ommaviy  psixik  jarayonlarning 

ta


’siri  masalalari  o`zbek  psixologlaridan  o`z  yechimini  kutmoqdaki,  ularda  ilg`or  fan 

yutuqlaridan  foydalanilgan  holda  hududning  milliy  o`ziga  xos  qirralari  ishlab  chiqilishi 

kerak. 



Yüklə 329,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin