O ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
Umurniy o‘rta ta’Hm muassasasining ichki tartib va odob-axloq
qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida
0 ‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Bola
huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Xalq ta’limini rivojlantirishga oid Farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar
ijrosini ta’minlash, ta’lim va tarbiyani o‘zaro uyg‘unlashtirish, o‘qituvchining
sha’ni va qadr-qimmatini himoyalash hamda umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarida
ichki-tartib va qoidalariga rioya etilishiga qaratilgan chora-tadbirlami amalga
oshirish maqsadida
buyuraman:
1. Quyidagilar:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda - ta’lim
muassasalari) ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda - Qoidalar)
1-ilovaga muvofiq;
ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil
qilishga
qaratilgan “Namunali maktab direktori”, “Namunali muallim”, “Namunali
o‘quvchi” va ‘‘Namunali ota-ona” mezonlari 2-ilovaga muvofiq;
Qoidalami ta’lim muassasalarida joriy etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin.
2. Vazir o‘rinbosari (R.Karimjonov), Jamoatchilik
va ommaviy axborot
vositalari bilan aloqalar bo‘limi (L.Rustamova), “Innovatsiya, texnologiya
va
strategiya
markazi”
DUK
(A.Xaydarov),
Ta’lim
muassasalarida
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi (J.Fozilov)
bir hafta
muddatda
Qoidalami rasmiy veb-sayt hamda “my.maktab.uz” axborot tizimiga
joylashtirsin.
3. Vazir o‘rinbosari (V.Rajapov), Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy
faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi (J.Fozilov)ga:
yangi tahrirda qabul qilingan Qoidalarga barcha turdagi ta’lim muassasalari
izchil amal qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘matish;
o‘quvchi-yoshlaming ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq
holda qabul
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, zamon talablari asosida
Qoidalami
takomillashtirib,
zarur
holatlarda
unga
o‘zgartirish
hamda
qo‘shimchalar kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
4.
Vazir
o‘rinbosarlari
(R.Karimjonov,
V.Rajapov),
“Innovatsiya,
texnologiya va strategiya markazi” DUK (A.Xaydarov), Ta’lim muassasalarida
ma’naviy-ma’rifiy
faoliyatni
muvofiqlashtirish
boshqarmasi
(J.Fozilov)
2022-yil 20-avgustga qadar Qoidalaming mazmun-mohiyatini
pedagoglar
hamda o‘quvchilar ota-onalari orasida targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar
ishlab chiqsin.
5. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi
(L.Rustamova) 2022-yil 20-sentabrga qadar ishlab chiqilgan videoroliklami
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki, ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini sha’ni
va qadr-qimmatini hurmat qilish, ulami o‘z
ustida ishlashi, ta’lim sohasida
boiayotgan yangiliklar bilan kengroq tanishishiga imkon yaratish maqsadida
maktab ma’muriyati va pedagoglarini o‘zining faoliyatidan tashqari boshqa
qo‘shimcha ishlarga jalb etish qat’iyan man etiladi.
7. Vaziming nazorat-huquqiy xizmati (O.Muxtarov)
tizimdagi pedagog
xodimlami faoliyatiga aralashuv va boshqa ishlarga jalb etish holatlarini oldini
olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘matsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq
ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari
hamda vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari rahbarlariga:
2022-yil 10-avgustga qadar
yangi tahrirdagi
Qoidalami tizimdagi barcha
ta’lim muassasalariga yetkazish;
Qoidalami ta’lim muassasalarida joriy etish mazkur buyruqning 3-ilovasi
bilan tasdiqlangan sxema asosida amalga oshirish;
mazkur Qoidalarda ko‘rsatilgan vazifalami har bir ta’lim muassasasi
tomonidan qabul qilinadigan ustavda aks ettirish va uning ijrosini shaxsan
nazoratga olish;
Qoidalaming maqsad va vazifalarini ta’lim muassasasining pedagogik
jamoasi, o‘quvchilar hamda ulaming ota-onalari o‘rtasida keng targ‘ib
qilish
va ulami tanishtirish;
Qoidalami maktab binosining ichki kirish (foye) qismiga alohida stend
shaklida joylashtirish vazifalari yuklatilsin.
9.
Ushbu buyruq qabul qilinishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 28-maydagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining
ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 131-sonli buyrug‘i
o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
10. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish tegishliligi bo^yicha
vazir o‘rinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.
B. Saidov