Qoidalarning joriy etishdan maqsad ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim muassasasi mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona muhitni yaratishdan iborat.
Qoidalar jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi hududida, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar, tanaffus vaqtlarida, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan me’yorlar hisoblanadi.
Mazkur qoidalar jamoa a’zolari va o‘quvchilar uchun ta’lim muassasasi hududida majburiy hisoblanadi.
Qoidalarga amal qilish yuzasidan jamoatchilik, ota-onalar, ta’lim muassasalari pedagog xodimlari orasida ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot qilinadi.
2-bob. Ichki tartib qoidalariga rioya qilishi
Ta’lim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzathurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, zo‘ravonlikni oldini olish, do‘stona muhitni yaratish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglar har bir o‘quvchiga e’tiborli munosabatda bo‘ladi, o‘qitish jarayonida barcha o‘quvchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi va vujudga keladigan muammolarni, shu jumladan, nizoli holatlarni qonunlarga muvofiq tasdiqlangan (va barcha manfaatdor tomonlarga ma’lum qilingan)qoidalar, ta’lim muassasasining ichki tartibiga ko‘ra hal etadi. O‘quvchilar shaxsiga oid ma’lumotlar maxfiyligini saqlashga qat’iy amal qilinadi.
Irqi, millati, diniy e’tiqodi, jinsi, oilaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra, o‘quvchini o‘quv jarayonidan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga, qoidalarni buzganlik majburiy ta’limdan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi (Sud qarorlari bilan maxsus ta’lim muassasasiga yuborish holatlari bundan mustasno).