Bu qoida iqtisodiyot hayotning asosi ekanligi to'g'risidagi umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli
zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo'lmasa, mamlakat xalqining farovonligi ham, milliy
xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta'minlash
oson kechmaydi, bu juda chuqur o'ylangan iqtisodiy siyosat o'tkazishni taqozo etadi. I. Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi:
«Biz esa yengil vo'lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste'mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo'ldik. Ayni chog'da. mablag' va zaxiralarni iqtisodivotdagi tarkibiv o'zgarishlarga sarflab. xorijga mahsulot tayyorlavdigan. ilg'or texnologiva bazasi bilan iihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib. ichki bozorni o'z mollarimiz bilan to'ldirish vo'lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o'z mablag'larimiz va olgan qarzlarimizning asosiv qismi investitsiyalarga. respublikaea vangi texnologiva va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste'molni emas. balki investitsivalarni ko'pavtirdik. Bugunsa kelib bu sivosat o'z samarasini bermoqda...I».
Xalqimiz va butun dunyo ko'z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo'lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo'lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko'tarmoqda. Bu O'zbekiston
dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiga qo'shilishi uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir.
Dostları ilə paylaş: