O ’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə3/12
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#189569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiyot nazariyasi 16

tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.
Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining
yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.





2.O'zbckistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va
xususiyatlari


2 .O'zbckistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari Markazlashgan ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtiso-diyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishda maqsad bir xil bo'lsa-da, turli mamlakatlar turli yo'llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma'lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ikki yo'l, ya'ni revolyusion va evolyusion yo'llar mavjud. Polsha, Chexoslova-kiya, Rossiya va boshqa ay rim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning revolyusion yo'lini, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yo'lini tanladilar. Boshqacha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo'lladilar. Bu yq'Ini amalga oshirish uchun Rossiyada «300 kun», «500 kun» degan o'tish dasturlari ishlab chiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda ancha uzoq muddatli o'tish davri bo'lishfni unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko'plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko'paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo'q, odamlarning ahvoli og'irlashdi.
Shuning uchun O'zbekiston bu yo'ldan bormay boshqa yo'l tanladi. Bu yo'1 O'zbekistonning o'ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo'ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to'ntarishlarsiz, ijtimoiy to'qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat'iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o'tishdan iboratdir.
«Bizning bozor munosabatlariga o'tish modelimiz Respub-likaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an'analar. urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o'tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso'naqay rivojlantirish-ning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi»2, deb yo-zadi mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov.
O 'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qil-ishga Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:


Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash.
Ikkinchidan, o'tish davrida davlatning o'zi bosh islohotchi bo'lishi.
Uchinchidan, butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanmog'i, qonunlarning ustunligi ta'minlanmog'i lozim.
To'rtinchidan, bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qa-torda aholini
ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Nihoyat, beshinchidan, bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich
qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o'tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularrilng ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish tamoyili alohida e'tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy ne-gizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko'nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo'ladi.
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o'tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o'zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog'liq bo'lgan barcha sohalarini, shu jumladan, siyosiy, ma'naviy- axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o'zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo'l bilan o'tish haqidagi g'oya juda muhim va afzal ekanligini ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz LA. Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo'yilganligi ta'kidlanadi:
- totalitar tizimning og'ir-oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;


- Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.3
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va bajarildi.
Birinchidan, o'tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash.
Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy- joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo'jaligida va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida mulk-chilikning yangi shakllarini vujudga keltirish.
Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga bar-ham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta'minlash.
Respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish bo'yicha birinchi bosqichda qo'yilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida iqtisodiyot sohasiga tegishli bo'lgan, iqtiso-diy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun - hujjatlar qabul qilindi.
Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo'lgan muassasalar tizimi tuzildi.
Qishloq xo'jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo'jalik tizimi shakllandi va iqtiso-diyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismi keng rivojlandi.
Xalq xo'jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo'lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to'liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirra-lari shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi.
Respublikada bozor munosabatlariga o'tishning birinchi bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o'zgarishlar uning o'z


taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o'ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi nati-jalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va shuning ne-gizida iqtisodiy o'sishni ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifa -lar ajratib ko'rsatiladi:
Birinchi vazifa - davlat mulklarini xususiylashtirish soha-sida boshlangan ishni oxiriga yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quwatlash, kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.
Uchinchi vazifa - milliy valyuta-so'mni yana ham mustahkam-lashdan
iborat.
Bu esa so'mning konvertasiyasi, qat'iy valyutalarga erkin sur'atda almashtirish layoqati demakdir, unga pulning qadr-sizlanishiga qarshi ta'sirchan choralarni qo'llash, iste'mol mollari ishlab chiqarishni ko'paytirish hamda ichki bozorni shunday mollar bilan to'ldirish, korxonalarning chetga mol chiqarishini kengaytirish hisobiga valyuta zahiralarini mustahkamlash yo'li bilan erishiladi.
To'rtinchi vazifa - iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish.




Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin